|
Texnika” fakulteti 5310600 -“Transport vositalari muhandisligi ( turlari bo`yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha
|
bet | 21/22 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 27,31 Mb. | | #270747 |
4.3. Takomillashtirilgan agregatning iqtisodiy samaradorligi.
Koʻplab xoʻjaliklarda gʻoʻza qator oralariga bugʻdoy ekishda moslashtirilgan KXU-4A kultivatorlari ishlatilmoqda. Bu kultivatorlar ekish apparatidan tushayotgan urugʻlar tartibsiz ravishda qator oralariga sochiladi. Kultivatorning ish organlari bu sochilgan urugʻlarni tuproqqa etarli darajada koʻmib keta olmaydi.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi yaratilgan bugʻdoy ekish agregati avvalo gʻoʻza qator oralariga tor qatorchalar ochib, ularga urugʻlarni sepadi va koʻmuvchi ish organlari bilan bir oʻtishda ularni koʻmib ketadi.
2004-2006 yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, xoʻjaliklarda bir gektar maydonga 250 kg urugʻlik sarflanayotgan boʻlsa, yangi yaratilgan bugʻdoy ekish agregati bilan urugʻlar dalaga bir tekis taqsimlanganligi va talab darajasida tuproqqa koʻmilganligi tufayli gektariga 180 kg urugʻlik etarli ekanligi aniqlandi, hosildorlik esa bir dalaga ikki xil normada ekilganda ham bir xil (oʻrtacha 38,6 s/ga) boʻlishi tasdiqlandi [6].
Bulardan tashqari yangi ishlab chiqilgan agregatda urugʻliq solinadigan bunkerning hajmi (453 dm3) xoʻjaliklarda qoʻllanilayotgan kultivatorlarning bunkeri hajmidan (200 dm3) katta boʻlgani uchun ekish jarayonida bunkerni urugʻlik bilan toʻldirishlar soni kam boʻladi va uning evaziga smena vaqtidan foydalanish koeffisienti ham bir oz yuqori. Bu esa ish unumdorligining ortishiga ta'sir qildi (5.1-jadval).
Taklif qilingan agregatning iqtisodiy samaradorligini hisoblash uchun dastlabki ma'lumotlar (5.1-jadval) uning 2005 yil xoʻjalik sharoitida oʻtkazilgan sinovlari natijalari va mavjud me'yoriy xujjatlar [65-68] boʻyicha qabul qilindi.
Iqtisodiy samaradorlikni hisoblash RD Uz 63.03-98 [10], GOST 23728-88…GOST 23730-88 [72], GOST 20915-75 [73], GOST 23729-88 [74] ga asosan bajarildi. Bugʻdoy ekish agregatini qoʻllashning iqtisodiy samaradorligini hisoblashda urugʻlik materialini iqtisod qilish ham hisobga olindi.
3-jadval
Gʻoʻza qator oralariga yangi va mavjud mashinalar bilan kuzgi bugʻdoy ekish jarayonini bajarishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ma'lumotlar
Yangi mashina - gʻoʻza qator orasiga bugʻdoy ekish agregati
(BEA–3,6). Mavjud – moslagan KXU – 4 A kultivatori.
|
| |