• 2.3. Gʻoʻza qator oralari tuprogʻining namligi, qattiqligi va zichligi
  • Texnika” fakulteti 5310600 -“Transport vositalari muhandisligi ( turlari bo`yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha




    Download 27,31 Mb.
    bet16/22
    Sana09.09.2024
    Hajmi27,31 Mb.
    #270747
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
    1.18-rasm

    1-bunker; 2-gʻaltakli ekish apparati; 3- urugʻ oʻtkazgich; 4-sepuvchi disk; 5- tor ariqchalar ochuvchi konussimon disklar toʻplami; 6-toʻsiq; 7-koʻmuvchi ishchi organ; 8- optekatel; 9- tortish prujinasi; 10- tor ariqchalar.


    Ekish agregati quyidagi tartibda ishlaydi. Agregatning harakati davomida ish organlari 11, 12, gʻoʻza qator orlarini yumshatadi va konussimon disklar toʻplami 5 larda tor ariqchalar hosil qiladi. Bunker 1 ga solingan urugʻlik bugʻdoyni gʻaltakli ekish apparati 2 urugʻ oʻtkazgich 3 orqali bir me'yorda sochuvchi disk 4 ga tashlab beradi. Orqangi quvvat olish validan reduktor va tasmali uzatmalar orqali aylanma harakat sepuvchi disk 4 ga uzatiladi. Sepuvchi disklar bugʻdoyni gʻoʻza qator orasida ochilgan tor ariqchalar (egatlar) ga bir tekis sepib ketadi. Toʻsiq 6 urugʻlarni qator eni boʻyicha bir tekis taqsimlanishini ta'minlaydi.


    Tor ariqchalarning yon boshiga (yon bagʻriga) tushib qolgan urugʻlar uning tubiga dumalab yoki sakrab tushadi va tekis qatorchalar hosil qiladi. Soʻngra koʻmuvchi ish organi 7 ariqchalar ustiga tuproqni surib yopib ketadi va ularni bir xil chuqurlikka koʻmilishini ta'minlaydi. Optekatel 8 gʻoʻzalarda qolgan paxta hosilini agregat ish organlari tomonidan toʻkilishidan saqlaydi. Prujina 9 ni tortib konussimon disklar toʻplamining tuproqqa bosimini oʻzgartirish mumkin.
    Oʻtkazilgan dastlabki sinovlar agregat gʻoʻza qator oralariga bugʻdoyni sifatli ekib ketishi va jarayonni ishonchli bajarishini koʻrsatdi.
    2.3. Gʻoʻza qator oralari tuprogʻining namligi, qattiqligi va zichligi

    Tuproqning namligi, qattiqligi va zichligi uning asosiy fizik-mexanik xususiyatlaridan boʻlib, mashina va qurollarning ish koʻrsatkichlariga hamda ekinlar rivojiga katta ta'sir etadi.


    Tuproqning namligi, qattiqligi va zichligi koʻpgina omillarga bogʻliq boʻladi. Ularga asosan tuproqning turi, unumdorligi, ishlov berish chuqurligi va sifati, muddati va yogʻingarchilik miqdori kabi omillar kiradi.

    Тупроқ қатламлари, см

    Намлик, %

    Қаттиқлик, МПа

    Зичлик, г/см3

    Тракторнинг етакловчи ғилдираги ўтадиган қатор

    Тракторнинг йўналтирувчи ғилдираги ўтадиган қатор

    Чок қатор

    Пушта

    Тракторнинг етакловчи ғилдираги ўтадиган қатор

    Тракторнинг йўналтирувчи ғилдираги ўтадиган қатор

    Чок қатор

    Пушта

    Тракторнинг етакловчи ғилдираги ўтадиган қатор

    Тракторнинг йўналтирувчи ғилдираги ўтадиган қатор

    Чок қатор

    Пушта

    0…10

    7,2

    7,9

    6,8

    6,9

    2,89

    2,89

    1,33

    0,89

    1,284

    1,311

    1,316

    1,228

    10…20

    11,0

    10.6

    9,7

    9,7

    4,06

    4,06

    3,73

    1,42

    1,434

    1,448

    1,370

    1,235

    20…30

    12,0

    11,7

    10,7

    11,0

    5,01

    5,01

    4,47

    3,14

    1,424

    1,548

    1,476




    Tajriba maydoni sugʻoriladigan boʻz tuproqli boʻlib, er osti suvlari 10...12 m chuqurlikda joylashgan. Tuproqning mexanik tarkibi - oʻrta -ogʻir soz tuproqdir.
    Tuproqning namligi 105…107º haroratda 6 soat ichida termostatik quritish uslubida aniqlandi va qoʻyidagi formula boʻyicha topildi
    , (2.1)
    bu erda W - tuproq namligi, %; m1 - nam tuproq massasi, kg;
    m1 - quruq tuproq massasi, kg.
    Tuproqning qattiqligi VISXOM qattiqlik oʻlchagichi, zichligi esa maxsus silindrlar yordamida aniqlanadi.
    Tuproq namligi, qattiqligi va zichligi pushta, chopiq traktorlarining etaklovchi va yoʻnaltiruvchi gʻildiraklari oʻtadigan hamda chok qatorlarda 0...10, 10...20, 20…30 sm qatlamlar uchun aniqlandi. Olingan natijalar 2.1-jadvalda keltirilgan.
    2.1-jadvaldan koʻrinib turibdiki, chuqurlik oshgan sari tuproq namligi, qattiqligi va zichligi ortib boryapti. Buning sababi tuproqning ustki qatlami quyosh harorati ta'sirida boʻladi, pastki qatlamlarda harorat miqdori kamroq, qattiqlik va zichlik esa yuqoriroq boʻladi.


    2.1-jadval
    Gʻoʻza qator oralariga kuzgi bugʻdoy ekish uchun erni tayyorlash oldidan qatlamlar boʻyicha tuproqning namligi, qattiqligi va zichligi.


    2.1 – jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan koʻrinib turibdiki bugʻdoy ekish davrida gʻoʻza qator oraligʻi tuproqning namligi 0...10, 10...20, 20...30 sm qatlamlarda mos ravishda 6,8-7,9; 9,7-11,0 va 10,7-12,0 % oraliqda, qattiqligi 0,89-2,89; 1,42-4,06 va 3,04-5,01 MPa oraliqda, zichligi esa 1,228-1,316; 1,235-1,148 va 1,345-1,548 g/sm3 oraliqda boʻlar ekan. Tuproqning eng katta zichligi va qattiqligi traktorning etaklovchi va yoʻnaltiruvchi gʻildiraklari oʻtadigan qatorlarda kuzatildi.

    III – bo’lim



    Download 27,31 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




    Download 27,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnika” fakulteti 5310600 -“Transport vositalari muhandisligi ( turlari bo`yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha

    Download 27,31 Mb.