|
Texnika” fakulteti 5310600 -“Transport vositalari muhandisligi ( turlari bo`yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha
|
bet | 12/22 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 27,31 Mb. | | #270747 |
KXU-4 kultivatori
1.8- rasm.
KRX-4 oziqlantirgich-kultivatorda beshta oʻgʻit sepuvchi apparatlar bor (1.8-rasm). Qirgʻichlarining joylanishiga qarab chap va oʻng apparatlarga boʻlinadi. Bitta oʻng va ikkita chap apparat ketingi ramaga oʻrnatilgan, bitta oʻng (traktorning chap tomonida) va bitta chap (oʻng tomonida) apparat esa traktor etakchi gʻildiraklarining oldida lonjeronlarga mahkamlangan maxsus kronshteynlarga oʻrnatiladi.
KRX-3,6 kultivatori toʻrt qatorli seyalkalar bilan qator orasining kengligi 90 sm etib ekilgan ekinlarga ishlov berish uchun moʻljallangan, 0,9 klasdagi T-28X4M traktorlari bilan agregatlanadi.
KRT-4 kultivator – oʻgʻitlagichni KRX-4 va KRX-3,6 dan farqi u 1,4 klassdagi (MTZ-80X) traktorlar bilan agregatlanadi.
Gʻoʻza qator oralari va boshqa madaniy oʻsimliklarni chopiq qilishda 90 sm boʻlgan qator oralariga ishlov berishda qoʻllaniladi.
Kultivator asosiy uzellari, ish organlarining tipi va ishlash jarayoni KRX-4 va KRX-3,6 dan farq qilmaydi.
Hozirgi kunga kelib mashinasozlik zavodlaridan KXU-4 markali kultitvatorlar ishlab chiqarilmoqda [18].
KXU-4 kultivatorlari qator oralari 60 sm va 90 sm qilib ekilgan paxta va boshqa madaniy oʻsimliklar qator oralariga ishlov berish, sugʻorish ariqlarini ochish bilan birga oʻgʻit solib ketadi. Kultivator qator oralariga ishlov berish davrida himoya maydoniga gerbisid sepish moslamasi PXG-4 hamda ChVX-4 (60 sm qatorda), ChVX-3,6 yoki ChXT-4B (90 smli qatorda) gʻoʻzani chilpuvchi qoʻshimcha moslamalar bilan jihozlanadi.
II-BO’LIM
2.1. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini etishtirishda qator oralarini yumshatish uchun qoʻllanidigan ishchi o’rganlar.
Qishloq xoʻjalik ekinlarini etishtirishda qator oralariga talab darajasida ishlov berish erta va moʻl hosil etishtirishda muhim oʻrinni egallaydi. Bunda, kultivator ish organlarini toʻgʻri tanlash va joylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bajariladigan ishning turiga qarab kultivator gryadilining shtangasiga bir tomonlama yassi qirquvchi pichoqlar (britva), yumshatuvchi va oʻqyoysimon yassi qirquvchi panjalar hamda boshqa ish organlari oʻrnatiladi (1.8-rasm).
Bir tomonlama yassi qirquvchi pichoq (1.9-rasm, a) - begona oʻtlarning ildizini qirqish va tuproqni 6-8 sm chuqur yumshatish uchun ishlatiladi. Bu pichoq gorizontal tigʻ va vertikal jagʻdan iborat. Pichoq tigʻining vazifasi begona oʻt ildizini qirqish va tuproqni uvalab yumshatish, vertikal jagʻ esa nixollarni tuproq tagida qolishidan saqlashdan iborat. Pichoqlar oʻng va chap qilib yasaladi. Paxtachilik kultivatorlarida qamrov kengligi b=165 mm, tigʻining ochilish burchagi =30º, uvalash burchagi =10º ...15º va tigʻ qalinligi 0,5 mm boʻlgan pichoqlar ishlatiladi [19].
Yassi qirquvchi oʻqyoysimon panja (1.9-rasm, b) -tuproq qatlamini 8 sm gacha chuqurlikda yumshatib, begona oʻt ildizini qirqadi va tuproqni joyidan biroz siljitadi. Panjaning qamrash kengligi b=145...260 mm gacha. Qanotlarini ochilish burchagi 2=60º ba'zan 70º, uvalash burchagi =16º...18º, tigʻning qalinligi 0,3 mm.
Universal oʻqyoysimon panja (1.9-rasm, v) ning-qamrash kengligi b=250, 330, 380 mm; uvalash burchagi =30º Bu panja uvalash burchagi yassi qirquvchi panjalarnikidan deyarli ikki marta katta boʻlganidan tuproq yaxshi maydalanadi. Asosiy kamchiligi begona oʻtlarni ildizini unchalik qirqa olmaydi.
Yumshatuvchi tishlar (1.9-rasm, g) -tuproq yuza qatlamini 15 sm gacha chuqur yumshatishda ishlatiladi, qamrash kengligi 20 mm.
Aylanma panja (1.9-rasm, d) -bu panjaning qalinligi 7... 10 mm, eni b=35...55 mm boʻlib, uning ikki uchi charxlanadi. Bir uchi eyilganda ikkinchi uchi bilan aylantirilib qoʻyiladi. Ishlash chuqurligi 22...25 sm, tuproqqa botish burchagi =38º...41º, pichoq qismining ochilish burchagi 2=60…70º [19].
Nayzasimon panja (1.9-rasm, e) -tuproq yuzasiga sidirgʻa ishlov beradigan kultivatorlarga oʻrnatilib, engil tuproqli erlarda koʻp yillik ildiz poyali begona oʻtlarni tarab yoʻqotishda ishlatiladi.
|
| |