|
Qishloq xoʻjaligi ekinlari qator oralariga ishlov berishda qoʻllaniladigan kultivatorlar boʻyicha qisqacha ma'lumot
|
bet | 11/22 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 27,31 Mb. | | #270747 |
1.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari qator oralariga ishlov berishda qoʻllaniladigan kultivatorlar boʻyicha qisqacha ma'lumot
Hozirgi kungacha barcha MDH mamlakatlarida KRN-5,6 hamda KOR-4 tipidagi sabzavotchilik kultivatorlari qishloq xoʻjaligida keng koʻlamda qoʻllanilib kelinmoqda. Bu turdagi kultivatorlar pichoq, iskanasimon va nayzasimon yumshatuvchi panjalar, oʻgʻit soshnigi hamda okuchniklar bilan jihozlangan. 1.6-rasmda shu tipdagi kultivator ish organlari seksiyasining kinematik sxemasi koʻrsatilgan. Gʻoʻza qator oralariga ishlov beruvchi maxsus kultivator 1932 yilda sinovdan oʻtgan. 1953 yildan boshlab esa NKU–2,8 kultivatorlari ommaviy ishlab chiqarila boshlandi.
KRN-5,6 kultivatorining texnologik sxemasi
1-rama; 2-osish qurilmasi; 3- ish organlari seksiyasi
1.6-rasm
Oʻtgan asrning 70 yillaridan boshlab gʻoʻza kator oralariga ishlov berishda KRX-3,6, KRT-4, KRX-4 markali kultivatorlar ishlab chiqarildi va qoʻllanilindi.
KRX-4 kultivator-oʻgʻitlagich qator orasining kengligi 60 sm boʻlgan paykallarda begona oʻtlarni yoʻqotish, tuproqni yumshatish, mineral va organik-mineral oʻgʻitlarni solish, sugʻorish egatlarini ochish ishlarini bajarishga moʻljallangan (1.7-rasm).
Kultivator komplektida ettita gryadil boʻlib, toʻrt qatorli ekilgan gʻoʻzalar oraligʻini ishlash uchun ularning beshtasi osiladi. Olti qatorli ekilgan gʻoʻzalar oraligʻini ishlash uchun kultivatorlarga yana ikkita gryadil osiladi.
1-old rama, 2-pasaytirgich, 3-toʻrt zvenoli seksiya, 4-keyingi rama, 5-kronshteyn, 6-tebrangichlar vali, 7-keyingi oʻgʻit sepadigan apparatlar, 8- old oʻgʻit soladigan apparatlar, 9-koʻtarish vali,
10-oʻgʻit oʻtkazgich, 11-ish organi
1.7-rasm
Kultivatorlarning har bir gryadili pasaytirgich, gryadil kronshteyni va yuqorigi hamda pastgi zvenolaridan yigʻilgan toʻrt zvenoli (parallelogrammli) mexanizmdan iborat. Kronshteynga gryadil shtangasi, povodok va tayanch gʻildirak vilkasi maxkamlanadi. Povodokga prujina va stoporlash xalqalari kiygiziladi. Yuqoridagi stoporlash halkasini povodok boʻyicha surib gryadilning koʻtarilish balandligi rostlanadi, pastki stoporlash xalqasini surib, ish organlariga ta'sir etuvchi bosim kuchi oʻzgartiriladi.
|
| |