|
Konstruksiyasi takomillashtirilgan kultivatorning texnologik ishlash sxemasi
|
bet | 9/22 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 27,31 Mb. | | #270747 |
Konstruksiyasi takomillashtirilgan kultivatorning texnologik ishlash sxemasi
1-urugʻ sepish apparati; 2-kurakchali disk; 3-gryadil; 4-egat ochkich; 5-yumshatuvchi ish organlari; 6-tayanch gʻildirak; 7-parallelogram mexanizm; 8-povodok; 9-prujina; 10-rama; 11-gidrosilindr; 12-ikki elkali richag; 13-tebratgich; 14-urugʻ yoʻnaltirgich; 15-konussimon shesternya; 16-egiluvchan kardan vali; 17-teleskopik qurilma; 18-kronshteyn; 19-urugʻ oʻtkazgich
1.3-rasm
Agregat quyidagi tartibda ishlaydi. Kultivator joyidan qoʻzgʻalishi bilan sepish apparati 1 dan urugʻlik urugʻ yoʻnaltirgich 14 ga beriladi, u orqali urugʻ oʻtkazgich 19 ga oʻtadi va uning devorlari boʻylab pastki tomonga harakatlanadi va disk 2 ga kelib tushadi. Konussimon shesternya juftligi 15, egiluvchan kardanli val 16 orqali aylanma harakatlanayotgan parrakli disk bugʻdoyni markazdan qochma kuch ta'siri ostida gʻoʻza qatorlari eni boʻyicha sochadi va bu urugʻlarni egat ochkich 4 tuproqqa koʻmib ketadi. Ushbu konstruksiyasi takomillashtirilgan bugʻdoy ekish kultivatori moslamali kultivatorga nisbatan ayrim afzalliklarga ega, ya'ni parrakli disk gʻoʻza qator oralariga bugʻdoyni ihtiyoriy tartibda emas (qiya tekislikka oʻxshash), ma'lum qonuniyat boʻyicha sepib ketadi. Bundan tashqari parrakli disklar sepgan bugʻdoylarni harakat yoʻlanishiga paxtaning shoxlari va barglari halaqit bermaydi.
Chunki parrakli disk gʻoʻzaning tub tomonida, qatorning oʻrtasiga joylashgan boʻlib, u sepgan bugʻdoyga halaqit beruvchi narsalar yoʻqdir.
Ammo, bu takomillashgan kultivator yuqoridagi afzallikka ega boʻlsa ham, uning sifat koʻtsatkichini pasaytirib yuboradigan bitta konstruktiv omil mavjud, ya'ni gʻoʻza qator orasiga bir tekis sepilgan bugʻdoyni egat ochkich bir xil chuqurlikka koʻmib ketmaydi hamda bir tekisligini buzib ketadi.
Bundan tashqari gʻoʻza tublari tagiga tushgan bugʻdoylar esa umuman koʻmilmaydi va noqulay tuproq sharoitiga tushib qoladi. Natijada, bu bugʻdoylar oʻz vaqtida unib chiqmaydi, rivojlanishdan qoladi va kerakli hosilni toʻplay olmaydi [6].
OʻzMEI ilmiy hodimlari tomonidan "Gʻoʻza oʻrniga kuzgi donli ekinlarni ekish usuli" boʻyicha UZ № 2875 dastlabki patent olingan. Bu usulda gʻoʻzapoya yigʻishtirish (maydalash) ni va kuzgi donli boshoqli ekinlarni ekish operasiyalarini birga qoʻshib oʻtkazish vazifasi qoʻyilgan. Bugʻdoy ekish gʻoʻzapoyalarini sugʻurib olish va ularni maydalash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi (1.4-rasm). Bunda avval maydalangan massa haydalmagan erga sochib tashlanadi.
|
| |