Texnika” fakulteti 5310600 -“Transport vositalari muhandisligi ( turlari bo`yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha




Download 27,31 Mb.
bet6/22
Sana09.09.2024
Hajmi27,31 Mb.
#270747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Shuning uchun ham urugʻni me'yoriy qalinlikda ekishga e'tibor berish lozim. Urugʻning sifati va nav xususiyatiga, shuningdek tuproq unumdorligi, bundan oldin qanday ekin etishtirilganligi, ekish usuli, muddati hamda boshqa shart-sharoitlarga qarab ekish me'yorini oʻzgartirish mumkin. Urugʻ sifatsiz boʻlib yomon sharoitda ekilsa hamda oʻsimlikning rivoji noqulay sharoitda kechishi kutilganda ekish me'yorini bir oz oshirish kerak. Ekish muddati kechiktirilganda ham ekish me'yorini 5-10 % koʻpaytirish lozimligi tavsiya qilinadi.

Respublikamizning sugʻoriladigan erlarida kuzgi bugʻdoy ekish uchun xoʻjalik jihatidan yaroqliligi 100% boʻlgan urugʻlardan gektariga 130-170 kg yoki 4,5-5,5 mln dona urugʻ ekish tavsiya qilinadi [13]. Biroq xoʻjaliklar ekish muddatini kechiktirgani va boshqa sabablarga koʻra gektariga belgilangan me'yordan koʻproq, ya'ni 250-300 kg gacha urugʻ ekmoqdalar.

Ma'lumki, Respublikamizda sugʻoriladigan erlarda kuzgi bugʻdoy ochiq maydonlarga va gʻoʻza qator oralariga ekilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining bergan ma'lumotlariga binoan (1.1-jadval) soʻngi yillarda sugʻoriladigan maydonlarda etishtiriladigan gʻallaning 50 foizidan ortigʻi gʻoʻza qator oralariga ekilmoqda.

Gʻoʻza qator oralariga kuzgi bugʻdoy ekishga moslangan kultivatorlar, oʻgʻit sepkichlar va boshqa moslamalar yordamida ekilmoqda. Ammo bu moslama va mashinalar bugʻdoyni bir xil chuqurlikka koʻmilishini ta'minlamaydi, uning ancha qismi tuproq betida qolib ketadi. Bundan tashqari urugʻlar gʻoʻza qator oralarida bir tekis taqsimlanmaydi, ya'ni urugʻlar egat oʻrtasida toʻplanib, pushtalarga siyrak tushadi. Bu hol oʻsimliklar uchun zarur boʻlgan oziqlanish maydonining bir xil boʻlishini ta'minlay olmaydi. Natijada nihollar yaxshi tuplamaydi, nimjon va siyrak boʻlib oʻsganligi sababli etarli miqdordagi hosilni bermaydi.




1.1-jadval
Kuzgi bugʻdoy ekiladigan maydonlar boʻyicha ma'lumotlar

Yillar

Umumiy ekilgan maydon, mln. ga

Gʻoʻza qator oralariga ekilgan maydon

Ming ga

Umumiy maydonga nisbatan, %

2000

1,022

343,8

33,64

2001

1,059

395,2

37,3

2002

1,100

475,2

43,25

2003

1,083

532,5

49,16

2004

1,083

632,2

58,37

2005

1,083

650,7

60,1

Ochiq maydonlarga kuzgi bugʻdoy asosan sanoat tomonidan ishlab chiqilgan SZ-3,6 va DEM-3,6 kabi seyalkalar bilan qatorlab ekiladi. Bunda qatorlar orasi 12,5-15,0 sm boʻladi. Lekin bu usul ham oʻziga xos kamchiliklarga ega: qator oralari, ayniqsa rivojlanishning dastlabki vaqtlarida, ekin maysalari bilan etarli qoplanmaganligi natijasida dalani yovvoyi oʻtlar bosib ketadi [13].


Olib borilgan tadqiqotlarning koʻrsatishicha kuzgi bugʻdoyni ochiq dala va gʻoʻza qator oralariga tor qatorlab, ya'ni qatorlar orasini 7-8 sm etib ekish begona oʻtlarni chiqishi va rivojlanishiga imkoniyat bermaydi [13].
Tuplash boʻgʻinini chuqurroq joylashishi va uni sugʻorilganda ochilib qolmasligini ta'minlash maqsadida kuzgi bugʻdoyni sugʻoriladigan erlarda sugʻorilmaydigan erlarga nisbatan chuqurroq, ya'ni 6-8 sm chuqurlikka ekish tavsiya etiladi. Bunda yirik urugʻlar chuqurroq, mayda urugʻlar esa sayozroq ekilsa yaxshi unib chiqib, koʻp maysa beradi. Tuprogʻi qattiq zichlashib qoladigan erlarda urugʻ 5-6 sm chuqqurlikka ekiladi [13,14]. Bunda belgilangan chuqurlikdan chetga chiqish ±1 sm dan oshmasligi lozim.
Ekinlarning serhosil boʻlishi koʻp jihatdan urugʻning sifatiga bogʻliq. Yirik va bir xil kattalikdagi urugʻ ekilsa, bugʻdoy hosili 12-15 foizga oshadi [6,14]. Binobarin, hosilni oʻrib yanchayotganda urugʻlik bugʻdoyni puch va etilmagan donlardan yaxshilab tozalash kerak.
Bugʻdoy ekish uchun tayyorlangan erlarda tuproq tarkibi mayin boʻlishi, katta kesaklar va begona oʻtlar boʻlmasligi lozim. Bunday tayyorlangan dalalarga bugʻdoy ekilganda ekish sifati yaxshi boʻladi.



Download 27,31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 27,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnika” fakulteti 5310600 -“Transport vositalari muhandisligi ( turlari bo`yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha

Download 27,31 Mb.