Kuzgi bugʻdoy ekish uchun gʻoʻza qator oralariga ishlov berish va unga qoʻyiladigan asosiy talablar




Download 27,31 Mb.
bet7/22
Sana09.09.2024
Hajmi27,31 Mb.
#270747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
1.2. Kuzgi bugʻdoy ekish uchun gʻoʻza qator oralariga ishlov berish va unga qoʻyiladigan asosiy talablar

Respublikada gʻoʻza qator oralariga kuzgi bugʻdoy ekish uchun paxtasi bir-ikki marta terib olingan maydonlarga KXU-4 va boshqa rusumli chopiq kultivatorlari yordamida 15-18 sm chuqurlikda ishlov berilmoqda [14]. Bunda kultivatorlarning ish organlari qayta moslanib, uning ustidagi tuproq yumshatilib, uning ichiga tashlab ketilmoqda.


Gʻoʻza qator oralariga birinchi ishlov berish gʻoʻzaga oxirgi suv berilgandan va tuproq yaxshi etilgandan soʻng oʻtkazilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, bunda qator oralarida katta-katta kesaklar hosil boʻlmaydi. Tuproqning tarkibi mayin boʻlishi ta'minlanadi. Ammo koʻplab xoʻjaliklarda tuproqning namligi (bugʻdoy ekiladigan chuqurlikda) ishlov berish davrida 8-11% ni, qattiqligi esa 1,6-2,0 MPa ni tashkil etadi [6]. Tuproqqa bunday namlik va qattiqlikda ishlov berilganda uning fraksion tarkibi bugʻdoy ekish talablarigi toʻla javob bermaydi, qatorlar orasida katta-katta kesaklar hosil boʻlishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, kultivatorlarda qoʻllaniladigan ish organlari bilan bir oʻtishda tuproqni sifatli qilib yumshatib boʻlmaydi hamda ularning qattiqligi sababli tuproqqa yaxshi botmaydi. Shu sababli xoʻjaliklarda tuproqni talab darajasida tayyorlash uchun gʻoʻza qator oralariga 2-3 marta ishlov berilyapti. Bu esa gektariga sarflanadigan xarajatlarni bir necha marta ortib ketishiga olib kelmoqda.
Agar tuproqqa yuqorida koʻrsatilgan namlik va qattiqlikda bir marta ishlov berilib bugʻdoy ekilsa, urugʻlar bir xil chuqurlikka ekilmaydi, tuproq bilan yaxshi aralashmaydi, ya'ni ekish sifati buziladi. Urugʻlarni har-xil chuqurlikka tushushi, koʻmilmay qolishi sababli yaxshi unib chiqmaydi, natijada begona oʻtlarni koʻpayishi tufayli hosildorlik kamayadi.
Ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili shuni koʻrsatadiki, tuproqda namlik kam boʻlgan paytlarda tuproqqa ishlov berilsa, ish organlarining tortishga boʻlgan qarshiligi ortib boradi, chunki ish organlari yordamida tuproq qatlamlarini kesish ancha qiyin kechadi. Tuproqning namligi 16-18% boʻlganda solishtirma qarshilik eng kam boʻladi. Bu esa tuproqning yumshoqligi bilan harakterlanadi (1.1-rasm) [6,15]. Shuning uchun gʻoʻza qator oralarini kuzgi bugʻdoy ekishga tayyorlashda tuproqning namligi 16-18% atrofida boʻlishi maqsadga muvofiq boʻladi.
Tuproqning fizik-mexanik xususiyatlarini uning namligiga bogʻliq oʻzgaruvchanligi

K

P




W

W



  1. Download 27,31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Download 27,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuzgi bugʻdoy ekish uchun gʻoʻza qator oralariga ishlov berish va unga qoʻyiladigan asosiy talablar

Download 27,31 Mb.