|
Gʻoʻzapoyalarni yigʻishtirish va bugʻdoy ekish agregati
|
bet | 10/22 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 27,31 Mb. | | #270747 |
Gʻoʻzapoyalarni yigʻishtirish va bugʻdoy ekish agregati
1-valiklar; 2-maydalovchi baraban; 3-yumshatish panjasi;
4-silos oʻtkazgich; 5-bugʻdoy ekish seyalkasi
1.4-rasm
Agregat quyidagi tartibda ishlaydi. Agregatning harakatlanishi davomida valiklar 1 gʻoʻzapoyalarni oʻziga torta boshlaydi. Shu paytda yumshatgich panjasi 3 ularni ildizlari bilan birga sugʻurib oladi. Sugʻirilgan gʻoʻzapoyalar maydalash barabani 2 bilan maydalanib, silos oʻtkazgich 4 orqali dala yuzasiga tashlanadi. Shundan soʻng bugʻdoy ekib ketiladi.
Bu agregatning asosiy kamchiligi shundaki, maydalangan gʻoʻzapoya massasi erga sochilganda asosan ariqchalarga toʻplanib qolib, bugʻdoyni maydon boʻyicha teng taqsimlanishiga va kerakli chuqurlikka ekilishiga halaqit beradi. Ushbu kamchiliklar boʻlganligi tufayli xoʻjaliklarda bu usul deyarli joriy etilmagan [16].
Rossiyaning RU№2162628 patentiga asosan Uzoq Sharq Agrar Universiteti olimlari tomonidan daladan bir oʻtishda biratoʻla pushta olib, uning ustiga urugʻ ekib ketadigan seyalka - kultivator taklif qilingan (1.5-rasm) [17].
Pushtaga ekadigan seyalka - kultivatorning umumiy sxemasi
1-rama; 2-oʻgʻit uchun bunker; 3-urugʻ uchun bunker; 4, 5-ekish apparatlari; 6-paralelogram mexanizm; 7-pushta hosil qiluvchi organ; 8-ariqchalar hosil qiluvchi katok; 9-urugʻ ekuvchi disk; 10-pushta tekislagich; 11-oʻgʻit oʻtkazgich; 12-urugʻ oʻtkazgich
1.5-rasm
Seyalka-kultivator rama 1, oʻgʻit solish va bugʻdoy uchun ekish apparatlari 4, 5 ga ega boʻlgan bunkerlar 2, 3, gryadil 6, pushta hosil qiluvchi organ 7, ariqchalar hosil qiluvchi katok 8, koʻmuvchi disk 9 va pushta tekislagich 10 dan iborat.
Seyalka-kultivator quyidagicha ishlaydi: seyalkani harakati davomida pushta hosil qiluvchi ish organi bilan pushta hosil qilinadi va bir yoʻla oʻgʻit oʻtkazgich 11 orqali oʻgʻit erga solinadi.
Ariqchalar hosil qiluvchi katok 8 pushta ustiga urugʻ tashlash uchun ariqchalarni hosil qiladi. Ekish apparati 5 va urugʻ oʻtkazgich 12 orqali urugʻlar ariqchalarga tushadi. Sferik disklar 9 yordamida urugʻlar koʻmiladi va pushta tekislagich 10 yordamida pushta usti tekislanadi.
Bunday seyalka - kultivator yordami bilan gʻoʻza qator oralariga bugʻdoy ekib boʻlmaydi, biroq bugʻdoy ekish uchun ariqchalar hosil qiluvchi katokdan ham bizning texnologiyamizda foydalanishimiz mumkin. Gʻoʻza qator orasiga bugʻdoy ekish uchun bu katokni shakli yumshatilgan egat profiliga mos kelishi kerak.
|
| |