Kultivator ish organlarining turlari




Download 27,31 Mb.
bet13/22
Sana09.09.2024
Hajmi27,31 Mb.
#270747
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Kultivator ish organlarining turlari.

а) б) в)



г) д) е)



и) м) п)
1.9-rasm

Ninali disk-yulduzchalar (1.9-rasm, i) - kultivatorlarda va aylanuvchi motigalarda oʻrnatilib, tuproq qatqalogʻini ushatib, yumshatish uchun ishlatiladi. Harakat vaqtida diskning ninalari gʻoʻza nihollarining himoya zonalarida tuproqqa 5 sm gacha botib aylanadi va uning ustki qatlamini 1...2 sm siljitadi. Disklarning diametri uch xil: 350, 450, 540 mm.


Okuchnik-egat olgich (1.9-rasm, m) -chopiq qilinadigan ekinlar qator oralarida egat hosil qilish, oʻsimlik atrofiga tuproq uyumlash uchun moʻljallangan. Okuchniklar turlicha yasaladi: egilgan silindrik sirtli okuchnik; pastki qismiga oʻqyoysimon panja oʻrnatilgan ikkita qanotli va bir qanotli okuchniklar [19].
Ariq ochkich (1.9-rasm, p) -sugʻorish ariqchalarini ochish bilan birga mineral oʻgʻitlarini tuproqqa 20 sm gacha chuqur solishga moʻljallangan.
Hozirgi kunda qator oralariga sugʻorish ariqchalarini ochishda okuchnik va egat ochkichlardan foydalaniladi.
Egat ochkich oʻsimliklarni koʻmmasdan qator oralaridagi tuproqni yon tomonlarga koʻchiradi, ya'ni qator orasida belgilangan oʻlchamda egat hosil qiladi.
Yuqorida ta'kidlangan ish organlari bilan faqat optimal namlikka ega boʻlganda tuproqni sifatli yumshatish mumkin. Agar tuproqda namlik kam boʻlsa, oʻlchami 50 mm va undan ham kattaroq kesaklar hosil boʻladi, namlikni bugʻlanishi ortadi.
V.Shols sugʻorilmaydigan erlarda yassi qirquvchi panjalarning ishlashini oʻrganib chiqib, begona oʻtlarni yoʻqotish toʻlaligini yaxshilash uchun agregat tezligini 2,77 m/s gacha koʻtarishni taklif etdi [20].
M.E.Poxomov oʻzining olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarida begona oʻtlar ildizini qirqish jarayoniga oʻqyoysimon panjaning ochilish burchagi ta'sir qiladi deb hisoblab, uning miqdori  = 40º boʻlishini tavsiya qiladi [21].
P.I. Slobodyuk esa sugʻorish ariqlarini ochishda qoʻllaniladigan ish organlarini ishlab chiqish boʻyicha tadqiqotlar olib bordi. U gʻoʻza qator oralaridagi sugʻorish ariqlarini ochuvchi ish organlarini har xil tezliklarda ishlashi yuzasidan nazariy va eksperimental izlanishlar olib bordi [22].
S.N.Shamshetov panjaning orqa tomonini qattiq metall bilan qoplashni qirqiladigan begona oʻtlar soni va tuproqni maydalanish darajasiga ta'sirini aniqladi [23].
V.A.Davletyan bir tomonlama yassi qirquvchi panjaning sifat koʻrsatkichlarini agregatning ish tezligiga bogʻliq holda oʻrganib chiqdi. Tajribalar tezlikning 0,94 dan 2,28 m/s gacha oʻzgarishi begona oʻtlar qirqilishini 1,44...3,26 % ga oshishini koʻrsatgan. Lekin u oʻzining olib borgan tadqotlarida faqat begona oʻtlarni qirqilish darajasini hisobga olgan holos [24].
V.A.Sergienko sugʻorilgan erlarda namlikni saqlash uchun tuproqni qatlamlab yumshatishni taklif qildi. U olib borgan tadqiqotlar gʻoʻza qator oralariga bunday ishlov berish namlikni 2,4 % gacha saqlab qolishi, qoʻl mehnat sarfini kamayishi va oʻsimliklarni yaxshi rivojlanishini koʻrsatdi [25].
X.Adilov [26] kultivatorlar ish organlarining oʻrnatish sxemasini tuproqqa ishlov berish sifati va quvvat koʻrsatkichlariga ta'sirini aniqladi. U tadqiqotlari natijasida tuproqning maydalanish sifati ish organlari oraligʻi 10-12 sm va boʻylama yoʻnalishda 25-30 sm boʻlganda talabga javob berishini isbotladi. X.Adilov qator oraligʻi 60 sm boʻlganda birinchi sugʻorishdan keyin tuproqqa ikkita bir tomonlama yassi qirquvchi panja va ularning orqasidan uchta yumshatuvchi panjalar bilan ishlov berishni tavsiya qiladi (1.10-rasm).
Sh.Nazirov gʻoʻza qator oralariga turli tezliklarda ishlov berishda bir tomonlama yassi kesuvchi pichoqning ochilish va uvalash burchaklarini begona oʻtlarni qirqilish darajasiga ta'sirini oʻrgandi [27].

Gʻoʻza qator oralariga birinchi sugʻorishdan keyin ishlov berishda ish organlarini joylashtirish sxemasi.






Download 27,31 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Download 27,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kultivator ish organlarining turlari

Download 27,31 Mb.