|
Texnika” fakulteti 5310600 -“Transport vositalari muhandisligi ( turlari bo`yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha
|
bet | 4/22 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 27,31 Mb. | | #270747 |
I- bo’lim
1.1 Respublikamizda kuzgi bugʻdoy etishtirish boʻyicha ma'lumotlar…………...
1.2 Kuzgi bugʻdoy ekish uchun gʻoʻza qator oralariga ishlov berish va unga qoʻyiladigan asosiy talablar………………………………………………………
1.3 Gʻoʻza qator oralarini kuzgi bugʻdoy ekishga tayyorlashda qoʻllaniladigan mavjud texnika vositalari va ish organlarining tahlili…………………………..
1.4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari qator oralariga ishlov berishda qoʻllaniladigan kultivatorlar boʻyicha qisqacha ma'lumot……………………………………….
II- bo’lim
2.1. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini etishtirishda qator oralarini yumshatish uchun qoʻllanidigan ishchi o’rganlar…………………………………………………..
2.2. Qator orasiga bugʻdoy ekish uchun tajribaviy agregat………………………
2.3 Gʻoʻza qator oralari tuprogʻining namligi, qattiqligi va zichligi………………..
III – bo’lim
3.1. Gʻoʻzapoyalarning qalinligi, balandligi, eni va ularda qolgan hosil miqdori…
3.2. Gʻoʻza qator orasining koʻndalang profili va undagi egatning chuqurligi…..
IV- bo’lim
4.1 Gʻoʻza qator oralarini bugʻdoy ekishga tayyorlash uchun ish organi turini aniqlash………………………………………………………………………….
4.2. Gʻoʻza qator oralariga bugʻdoy ekish agregatining tajribaviy nusxasi……..
4.3. Takomillashgan ishchi o`rgan bilan ishlov berish jarayonida tabiat muhofazasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
4.3. Takomillashtirilgan agregatning iqtisodiy samaradorligi…………………
4.5. Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
|
KIRISH
Jahonda energiya-resurstejamkor va ish unumi yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlari qator oralariga ishlov berish mashinalarini ishlab chiqish etakchi oʻrinni egallamoqda. «Dunyo miqyosida bugungi kunda 900 mln. gektar maydonda turli qishloq xoʻjaligi ekinlari etishtirilib, shu jumladan 32-34 mln. gektar maydonda gʻoʻza oʻstirilishini» [1] hisobga olsak, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish uchun ish sifati yuqori hamda energiya-resurstejamkor kultivatorlarni ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanmoqda. Bu borada kultivatorlar uchun koʻp funksiyali universal ish organlarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jahonda qishloq xoʻjaligida ekinlar qator oralariga ishlov berishning resurstejamkor texnologiyalari va ularni amalga oshiradigan texnik vositalarning yangi ilmiy-texnikaviy asoslarini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yoʻnalishda, jumladan kultivatorlar uchun universal ish organini ishlab chiqish va ishchi qismlarining texnologik jarayonlarini asoslash, ularni tuproq va begona oʻtlar bilan oʻzaro ta'sirlashish jarayonida resurstejamkorlikni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan mavjud kultivatorlarning bir necha turdagi va miqdordagi ish organlari vazifasini bajaradigan, tez va oson rostlanadigan, kam energiya-materialhajmdor, oʻsimliklarning butun vegetasiya davrida qator oralariga sifatli ishlov berishni ta'minlaydigan yagona universal ish organlarini ishlab chiqish zarur hisoblanadi.
Respublikamiz qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida mehnat va energiya-materialhajmdorlikni kamaytirish, resurslarni tejash, qishloq xoʻjalik ekinlarini ilgʻor texnologiyalar asosida parvarishlash va yuqori unumli qishloq xoʻjalik mashinalari hamda ularning ish organlarini ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «...qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, ish unumi yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikasidan keng foydalanish» [2] vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan paxtachilik kultivatorlarini texnik va texnologik jihatidan takomillashtirish hisobiga paxta va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlaridan moʻl hosil olish va ularning tannarxini pasaytirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2694-son “2016-2020 yillar davrida qishloq xoʻjaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017 yil 7 iyulda-gi PQ-3117-son “Qishloq xoʻjaligida mashinasozlik sohasi ilmiy-texnikaviy bazani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi-ning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining II. «Energetika, energiya va resurstejamkorlik» ustuvor yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Gʻoʻza va boshqa ekin qator oralariga ishlov beradigan kultivatorlar va ularning turli ishchi organlarini yaratish va qoʻllash, ish koʻrsatkichlarini oʻrganish va parametrlari hamda qator oralariga joylashtirish sxemalarini asoslash boʻyicha xorijda K.R.Paarlberg, H.M.Hanna, D.C.Erbach, (AQSh), T.Marakoglu, K.Carma (Turkiya), M.A.Hemeda, Z.E.Ismail (Misr), V.K.Bishwal, N.S.Rajput (Hindiston), C.Iacomi, O.Popescu (Ruminiya), V.I.Kurdyumov, V.P.Zaysev, S.E.Grekov, R.K.Abdraxmanov, E.V.Sofronov, M.E.Paxomov (Rossiya Federasiyasi), A.S.Kobes, A.M.Pugach, M.M.Xaritonov (Ukraina) va boshqalar tomonidan tadqiqotlar oʻtkazilgan.
Respublikamizda gʻoʻza qator oralariga ishlov beradigan kultivatorlarning ishchi qismlarini yaratish, ularning ish koʻrsatkichlari va parametrlarini oʻrganish hamda ish organlarini qator oralariga joylashtirish sxemalarini asoslash boʻyicha T.G.Zinin, V.A.Sergienko, A.X.Xojiev, A.Qoraxonov, P.I.Slobodyuk, S.N.Shamshetov, X.Odilov, A.Nasriddinov, Sh.Nazirov, S.B.Jumakulov, A.K.Ruxsatov, O.P.Auezov, B.U.Nuraboev, S.T.Sultanov, U.Egamberdiev va boshqalar shugʻullanishgan.
Bu tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan gʻoʻza va boshqa ekinlar qator oralariga ishlov beradigan chopiq kultivatorlari va ularning ish organlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida ma'lum darajada ijobiy natijalarga erishilingan holda qoʻllanilib kelinmoqda. Ammo, bu tadqiqotlarda mavjud ish organlari sonini kamaytirish imkonini beradigan universal ish organlarini ishlab chiqish hamda ularning kam metall va energiya sarflagan holda ish sifatini ta'minlaydigan parametrlarini asoslash masalalari etarli darajada oʻrganilmagan.
|
| |