|
Texnika” fakulteti 5310600 -“Transport vositalari muhandisligi ( turlari bo`yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha
|
bet | 19/22 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 27,31 Mb. | | #270747 |
IV- bo’lim
4.1 Gʻoʻza qator oralarini bugʻdoy ekishga tayyorlash uchun ish organi turini aniqlash.
Gʻoʻza qator oralarini bugʻdoy ekishga tayyorlashda qoʻllaniladigan ish organlari turini aniqlash uchun 1-bobda oʻtkazilgan tahlillardan kelib chiqqan holda quyida koʻrsatilgan ikki variantdagi ish organlarining solishtirma sinovlari oʻtkazildi (2.3 va 2.4-rasmlar):
1-variant ettita yumshatuvchi va bitta chuqur yumshatuvchi panjalardan tashkil topgan (2.3-rasm, a);
2-variant uchta yumshatuvchi va bitta qamrov kengligi 250 mm boʻlgan oʻqyoysimon panjalardan iborat (2.3-rasm,b).
Gʻoʻza qator oralariga ishlov beruvchi ish organlari va ularni joylashtirish sxemalari
1-VARIANT
2-VARIANT
2.3-rasm
Sinovlar gʻoʻza qator oralariga kuzgi bugʻdoy ekish davrida OʻzMEI tajriba xoʻjaligining dalalarida (qator oralarining kengligi 90 sm) variantlar boʻyicha ish organlarini KXU-4A chopiq kultivatorining seksiyalariga 16-18 sm ishlov berish chuqurlikda oʻrnatilib (2.4-rasm) oʻtkazildi. Baholash mezoni sifatida ishlov berish chuqurligi, tuproqning uvalanish sifati va ish organlarining tortishga qarshiligi olindi.
Tajriba maydonlari sugʻoriladigan boʻz tuproqli boʻlib, er osti suvlari 10-12 m chuqurlikda joylashgan. Tuproqning mexanik tarkibi oʻrta-ogʻir soz tuproq.
Tuproqqa ishlov berish chuqurligi va tuproqning uvalanish sifati O’zRH 63.07:2001 va Tzt. 63.03:2001 «Ispitaniya selskoxozyaystvennoy texniki» [8,9] boʻyicha, ish organlarining tortishga qarshiligi esa O’zRH 63.07:2001 «Ispitaniya selskoxozyaystvennoy texniki. Metodi energeticheskoy osenki mashin» [8] asosida tenzometriya yoʻli bilan topildi.
Gʻoʻza qator oralaridagi tuproqqa ishlov berish chuqurligi koʻndalang kesimining yuzasi 1 sm2 (1x1 sm) chizgʻichni ishlov berilmagan qatlamgacha botirish yoʻli bilan aniqlandi va oʻlchovlar egat oʻrtasidan hamda gʻoʻza qatoridan 22,5 sm masofalarda 0,5 sm aniqlikda olib borildi. Ta'kidlangan joylardan har bir variant boʻyicha 100 tadan oʻlchov oʻtkazildi. Olingan ma'lumotlarga matematik statistika usuli bilan ishlov berilib, matematik oʻrtacha qiymat (Moʻr) va oʻrtacha matematik ogʻishlar () aniqlandi.
Yumshatilgan tuproq qatlamining uvalanish sifatini aniqlash uchun har bir variant boʻyicha besh takrorlikda 0,25 m2 maydonchadan ishlov berish chuqurligi boʻyicha namunalar olindi. Buning uchun tomonlari 0,5x0,5 m boʻlgan tagi ochiq quti tayyorlanib, qator oralariga qoʻyildi va uning ichidan namunalar olinib, teshiklarining diametri 50, 25 va 10 mm boʻlgan elaklardan oʻtkazilindi. Har bir elakda qolgan tuproq va kesaklar massasi RP-100 Sh-13 tarozisida aniqlandi hamda fraksion tarkibi topildi. Tuproqni elashda katta oʻlchamli teshiklari boʻlgan elakdan kichik oʻlchamli teshiklari boʻlgan elaklarga oʻtish tartibi qoʻllanildi. Oʻlchash aniqligi fraksiyalar boʻyicha 10 g ni tashkil etdi.
Ish organlarini KXU-4A kultivatorining gryadillariga oʻrnatish
а)
B)
2.4-rasm
Ish organlarining tortishga qarshiligini aniqlashda pasaytirgichiga tenzodatchiklar elimlangan maxsus gryadildan foydalanildi (2.5 va 2.6-rasmlar).
Tenzodatchiklar elkalarga koʻprik sxemada chiqish signali qarshilik kuchini qoʻyilgan nuqtasiga bogʻliq boʻlmaydigan etib ulangan.
(2.7-rasm).
Tajribalar oʻtkazilishidan oldin va tugagandan soʻng pasaytirgich 1 kN oraliqda 6 kN gacha boʻlgan kuch ta'sir ettirilib tarirovka qilindi (2.8-rasm). Tarirovkadan olingan ma'lumot boʻyicha tarirovka koeffisienti aniqlandi. Soʻngra tajribada olingan ma'lumotlar tarirovka koeffisientiga koʻpaytirildi va ish organlariga tuproq tomonidan koʻrsatilayotgan qarshilik kuchining haqiqiy qiymati olindi. Tarirovkadagi xatolik 1,6 % ni tashkil etdi.
Tajribalar boshlanishidan oldin gʻoʻza qator oralari tuprogʻining namligi, qattiqligi va zichligi aniqlandi. Bu koʻrsatkichlar 0-10, 10-20 sm qatlamlarda mos ravishda quyidagicha qiymatlarga ega boʻldi: 16,4 va 17,6%; 1,23 va 3,02 MPa; 1,32 va 1,38 g/sm3.
Tajribalar MTZ-80X traktori va unga oʻrnatilgan KXU-4A kultivatoridan foydalanib, 1,8 m/s tezlikda oʻtkazildi.
Tajribalarda olingan ma'lumotlar 2.4-jadvalda keltirilgan.
2.4-jalvalda keltirilgan ma'lumotlardan koʻrinib turibdiki tuproqqa ishlov berish chuqurligi 2-variantda talab darajasiga (16-18 sm) yaqin boʻlgan, birinchi variantda esa ish organlari bir xil chuqurlikga qoʻyilgan boʻlishiga qaramasdan talab darajasidan sezilarli darajada kam boʻlgan. Bunga asosiy sabab chuqur yumshatuvchi panja qamrov kengligini kichikligidir.
|
| |