|
Xavfsizlik texnikasi xizmati va uning vazifalari Pdf ko'rish
|
bet | 118/124 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 3,02 Mb. | | #273717 |
Bog'liq 5b27936d71643
Xavfsizlik texnikasi xizmati va uning vazifalari
Korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsizlikni ta`minlash
maqsadida xavfsizlik texnikasi xizmati ko`zda tutilgan. Xavfsizlik texnikasi
xizmatining asosiy vazifalari korxonalarda ishlab chiqarish travmatizmi sabablarini
bartaraf etish ishlarini bajarish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va
himoya vositalarini takomillashtirish, ishlab chiqarish madaniyatini ko`tarish,
tashkiliy-texnik va sanitariya-gigiena tadbirlarini ishlab chiqarish va amalga oshirish
bo`yicha ishlab chiqarish va texnik xizmatlarning ishini nazorat qilishdan iborat.
Xavfsizlik texnikasi xizmati o`z ish faoliyatida kasaba uyushma organlari va ularning
mehnatni muhofaza qilish bo`yicha komissiyalari bilan doimiy aloqada bo`ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlik texnikasining holatiga javobgarlik o`zlariga
topshirilgan ish uchastkasi chegarasida ish yurituvchilarga yuklanadi.
Tashkilot va korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo`yicha ishlar hukumat qarorlari
va ko`rsatmalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.
Korxonada mehnatni muhofaza qilish holatini, mehnatni muhofaza qilish va
sharoitlarini yaxshilash bo`yicha chorak va yillik rejalar tuzishni kuzatib borish
muhandis-texnik xodimlarning amaldagi qonunchilik, buyruqlar va boshqa normativ
aktlarga rioya qilinishini nazorat qilish kabi kundalik ishlarni xavfsizlik texnikasi
bo`yicha bo`lim (muhandis) bajaradi. Xavfsizlik texnikasi bo`yicha muxandis kirish
instruktaji o`tkazadi, ishlarni bajarish loyihalarini ko`rishda qatnashadi, mehnatni
muhofaza qilish masalalari bo`yicha buyruqlar loyihasini tayyorlaydi, xavfsizlik
texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo`yicha xona, burchaklar, devoriy
ko`rgazmalar jihozlaydi.
Xavfsizlik texnikasi xizmati qurilishdagi muhandislik ish staji uch yildan kam
bo`lmagan bakalavr yoki magistrlik ma`lumotiga ega bo`lgan xodimlardan tuziladi.
Xavfsizlik texnikasi xizmati ishiga tashkilotning bosh muxandisi rahbarlik qiladi.
|
| |