|
-Ma`ruza. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining nazariy asoslariBog'liq 5b27936d716431-Ma`ruza. Hayot faoliyat xavfsizligi fanining nazariy asoslari
Reja:
1.Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.
2.Hayot faoliyat xavfsizligi kursining qisqacha mazmuni.
3.HFX nazariyasining asosiy tushuncha va ta`riflari.
Tayanch so`zlar:
faoliyat, biosfera, litosfera, gidrosfera, planeta, global, ekosistema,
texnosfera, domografiya, urbanizatsiya.
Kirish
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarni jumladan
ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini
yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari
darajasidagi asosini yaratishga katta e`tibor qaratib kelinmoqda. Ta`lim jarayonida
ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qabul qilingan Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi, Ta`lim to`g’risidagi Qonunlar asosida ta`lim sohasida katta yutuqlarga
erishildi. Ta`lim mazmuni tubdan ijobiy o`zgarishga yuz tutmoqda. Ta`lim tizimining
barcha tizimida eng zamonaviy o`qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab
chiqarish ham eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan
qurollantirilmoqda. Ijtimoiy hayot tarzi faollashmoqda. Mamlakatda qabul qilingan
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta`lim to`g’risida»gi Qonun ta`lim tizimi
mazmunini tubdan o`zgartirib yubordi. Jumladan oliy ta`lim o`quv rejalariga zamon va
hayot talablaridan kelib chiqib katta o`zgartirishlar kiritildi. Yosh mutaxassislarga har
bir sohada chuqur va keng qamrovli ma`lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab
chiqarishda va jamiyatda o`z aksini va dolzarbligini yo`qotmaydigan bo`lishiga va
ularning bilim darajalari dunyo ta`lim standartlari qo`ygan talabga javob berishiga
asosiy ahamiyat qaratilmoqda.
Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini etuk kadrlarsiz tasavvur
etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o`ringa
qo`yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bo`lishi shubhasiz.
Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo`ladi.
Inson o`zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof-muhit,
xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo`lgan
xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.
|
| |