Texnika xavfsizligi




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
5b27936d71643

Texnosfera
- o`tmishda biosferaga taalluqli bo`lgan keyinchalik insonlarning 
o`zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida 
to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta`sir etgan hududdir.



Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, 
qo`rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar 
hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb 
ataluvchi odamlar bilan ham uzluksiz aloqada bo`ladi. Insonni ijtimoiy muhit bilan 
aloqasi tug’ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish, o`zining ma`naviy 
ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va 
shakllanadi. 
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, 
texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. YA`ni inson tabiiy atrof-
muhitga uzluksiz ta`sir etsa, o`z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib 
chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo`lgan texnosfera va 
ijtimoiy muhit ham insonga to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan doimiy ta`sir etadi. 
YUqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. zamonaviy inson uni o`rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya`ni, tabiiy, 
texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`ladi;
2. XIX asr oxiridan boshlab va XX asr davomida texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz 
rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o`zgartirilgan ulushlarni 
oshib borayotganligi isbotdir; 
3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o`zgartirish hisobiga amalga oshmoqda. 
Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalish bilan birga ularning 
tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib 
bormoqda. Ma`lum sharoitda ularning insonlarning ruhiy holatiga, organizmi 
sog’ligiga salbiy ta`sirini ko`rsatishi hammaga ma`lum. SHu sababli insonlarni nafaqat 
ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yo`lda 
va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish 
unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish masalalarini ijobiy hal etish juda 
dolzarb masalalardan biridir. 
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyat xavfsizligi fanining o`rni, 
uning nazariy ma`lumotlari bilan bo`lajak mutaxassislarni qurollantirish muammolarni 
ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi. 

Download 3,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish