6
Hayot faoliyat xavfsizligining maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga
erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini
oshirish, mehnat sifatini oshirish hisoblanadi.
Qo`yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi
ikki masalani echish lozim
bo`ladi:
1. Ilmiy (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab
chiqarish omillari va boshqalarni matematik modellashtirish);
2. Amaliy (uskunalarga xizmat ko`rsatishda mehnat xavfsizligini taminlash).
Hayotiy jarayonda insonni atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan o`zaro ta`siri
YU.N.Kurjakovskiyning «Hayot
faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar
oqimlarini tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bo`la olmaydi» degan hayotni
saqlash qonuniga mos holda elementlar orasidagi moddalar massasining,
barcha
turdagi energiyalar va informatsiyalarning oqimlari sistemasiga asoslangan. Hayotni
saqlash qonunidagi oqimlar insonga o`zini oziq-ovqatga, suvga, havoga, quyosh
energiyasiga, o`rab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga bo`lgan
ehtiyojlarini
qanoatlantirishi uchun kerak. SHu bilan bir vaqtda inson hayotiy fazasida o`zidan
ongli faoliyati bilan aloqador (mexanik, intellektual energiyalar), bioliogik jarayon
chiqimlari ko`rinishidagi ma`lum massadagi moddalar oqimini, issiqlik energiya va
boshqa energiya oqimini ajratadi.
Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok
etmaydigan jarayonlar
uchun ham xarakterlidir. Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimi
kirib kelishini ta`minlaydi. Bu esa o`z navbatida biosferada o`simlik va hayvonlar
oqimini, moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan
favqulodda holatlarda tabiiy muhitdagi energiyalar oqimini ro`yobga keltiradi.
Texnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar va
odamlar navbati
oqimlarining har xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga
tashlanayotgan chiqindilar, suv hovzalariga tashlanayotgan sanoat va boshqa iflos
suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil energetik ta`sirlar) xarakterlidir.
Har qanday xo`jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo`ladi va ularni
yo`qotib bo`lmaydi. Ularni bir fizik-ximik shakldan boshqa shaklga o`tkazish yoki
fazoga chiqarib yuborish mumkin.
Texnosfera, bundan tashqari to`satdan portlash,
yong’in natijasida, qurilish konstruktsiyalarini buzilishida, transport avariyalarida va
shunga o`xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar va energiya oqimini yuzaga
keltirishi mumkin.
Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni o`zgartirishga yo`naltirilgan insonga
xarakterli bo`lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste`mol qiladi,
jamiyatda chekish,
alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga o`xshashlarni
iste`mol qilishga aloqador zararli holatlarni shaklllantiradi.
7
«Inson - atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari energiya va informatsiyalarini
xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz: