• Texnosferadagi asosiy oqimlar.
  • Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar.
  • Hayot faoliyat jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar.
  • Tabiiy muhitning asosiy oqimlari




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

    Tabiiy muhitning asosiy oqimlari. 
    - quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi; 
    - kosmik nurlar, chang, asteroidlar;
    - erning elektr va magnit maydoni; 
    - ekosistemalarda, biosferada moddalar aylanishi; 
    - atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda holatlar; 
    - boshqalar. 
    Texnosferadagi asosiy oqimlar. 
    - xomashyolar, energiyalar oqimi; 
    - iqtisod sohasi mahsulotlarining oqimi; 
    - iqtisod sohasi chiqindilari; 
    - maishiy chiqindilar; 
    - informatsiya oqimlari; 
    - transport oqimlari; 
    - yorug’lik oqimi (sun`iy yoritish); 
    - moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari; 
    - boshqalar.
    Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar. 
    - informatsiya oqimlari (o`qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar); 
    - odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi); 
    - narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari;
    - boshqalar. 
     Hayot faoliyat jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy 
    oqimlar.

    kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari; 
    - energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar); 
    - informatsiya oqimlari; 
    -hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi; 
    -boshqalar.
     
    2. HFX kursining qisqacha mazmuni 
     
     
     
    Hayot faoliyat xavfsizligi insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning 
    xavfsizligi va sog’ligini ta`minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi 
    amaliyot va nazariyani qamrab olgan ilmiy bilimlar majmuidir. 
    Bu fan quyidagi asosiy masalalarni echadi: 
    - atrof muhitning noqulay ta`sirlarini turkumlaydi (aniqlaydi va sonli baholaydi); 



    - insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta`sirini oldini oladi; 
    - xavfli va zararli omillarni ta`siri salbiy oqibatlarini tugatish; 
    - muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish.
    Hayot faoliyat xavfsizligining integral ko`rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. 
    TSivilizatsiya taraqqiyoti (ilmiy-texnikaning, iqtisodning rivojlanish, qishloq 
    xo`jaligini 
    industrlashtirish, 
    har 
    xil 
    energiyalardan 
    foydalanish 

    yadro 
    energiyasigacha, yangi mashina va mexanizmlarni yaratilishi, zarar kun andalarga 
    qarshi har xil o`g’itlarning qo`llanilishi) inson sog’ligiga salbiy ta`sir etuvchi zararli 
    omillar miqdorini sezilarli darajada ko`paytirmoqda. SHu sababli ushbu omillardan 
    himoyalash inson hayot faoliyatini taminlashning muhim elementi bo`lib qolmoqda. 
    Insoniyat paydo bo`lgandan boshlab o`zining ko`payishi davomida iqtisodni 
    rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. Buning 
    oqibatida insonga zararli ta`sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning xavfsizligi 
    darajasi ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda o`rtacha umr ko`rish 77 
    yoshni tashkil qiladi. 
    “Hayot faoliyat xavfsizligi” kursi inson organizmi va atrof muhit o`rtasidagi 
    murakkab aloqalarni bilish jarayonini ko`zda tutadi. Insonni muhitga ta`siri fizikaviy 
    qonunlar bo`yicha muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ni qarama-
    qarshi ta`sirini yuzaga keltiradi. Inson organizmi u yoki bu ta`sirlarni moslashish 
    chegarasidan oshmaguncha og’riqsiz qabul qiladi. 
    Hayot faoliyat xavfsizligi quyidagi masalalarni ko`rib chiqadi: 
    -
    maishiy muhitdagi xavfsizlik; 
    -
    ishlab chiqarish muhitidagi xavfsizlik; 
    -
    shahar muhitidagi hayot faoliyat xavfsizligi; 
    -
    atrof muhitdagi xavfsizlik; 
    -
    tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda holatlar. 

    Download 3,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish