• Ishlab chiqarish muhiti
  • 3. HFX nazariyasining asosiy tushuncha va ta`riflari Xavf-xatar
  • Xavflar taksonomiyasi
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/124
    Sana06.10.2024
    Hajmi3,02 Mb.
    #273717
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124
    Bog'liq
    5b27936d71643

    Maishiy muhit
    – bu maishiy sharoitdagi insonga ta`sir qiluvchi barcha 
    omillarning yig’indisidir. Organizmni maishiy omillarga reaktsiyasini fanning sog’lom 
    turmush tarzi, sog’lom turmush tarzining kasallik profilaktikasi bilan aloqasi 
    masalalariga bag’ishlangan mavzularda o`qish mumkin. 
    Ishlab chiqarish muhiti
    – bu mehnat faoliyati jarayonida insonga ta`sir qiluvchi 
    omillar yig’indisidir. 
    Tabiiy muhitdagi xavfsizlik – bu ekologiyaning sohalaridan biridir.
    Ekologiya organizmni atrof muhit bilan o`zaro ta`siri qonuniyatlarini o`rganadi. 
    3. HFX nazariyasining asosiy tushuncha va ta`riflari 
     
     
     
    Xavf-xatar
    deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar etkazadigan
    ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart 
    tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki



    hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. 
    Hayot faoliyatga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol 
    moddalar yashirin xavfga egadir. 
    Xavflar taksonomiyasi
     
    - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi 
    faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat 
    xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq 
    o`rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab 
    chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi: 
    - kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi; 
    - rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi; 
    - salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va 
    kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi; 
    - xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera, 
    gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi; 
    - kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, 
    halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi; 
    - keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo`linadi; 
    - namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab chiqarish va harbiy 
    bo`ladi; 
    - olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va 
    sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi 
    sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi. 
    Xavflar ruyxati – bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir 
    (o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni 
    ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, 
    elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan ob`ektda o`tkaziladigan aniq 
    tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan 
    xavflar ruyxati tuziladi. 

    Download 3,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124




    Download 3,02 Mb.
    Pdf ko'rish