MASHINALARNING XAVFLI ZONALARI.
Mashina va mexanizmlarning inson hayotiga va sog’ligiga xavftug’diradigan
holatlarni vijudga keltiradigan joylari xavfli zona deb ataladi.
Xavfli zona asosan
mashina va mexanizmlarning ochiq holdagi aylanadigan va harakatlanadigan
qismlarida mujassamlanadi. Bu aylanayotgan qirquvchi asbob yoki detal, qayishli,
zanjirli va tishli uzatmalar, harakatlanuvchi stanoklarning ishchi stollari, konveyerlari,
yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirib yuradigan yuk ko`tarish
mashinalari va
h.k. Aylanuvchi qismlar bilan ishchilarning kiyimidan yoki sochidan ilintirib olishi
mumkin bo`lgan mexanizmlar ayniqsa xavfli hisoblanadi.
SHuningdek xavfli zonalar qatoriga mashina va mexanizmlarda ishlaganda elektr
tokidan
zararlanish, issiqlik, elektromagnit,
ionlashgan nurlar, shovqin, titrash,
ul’tratovush, zaharli gaz va bug’lar ta`siriga tushib qolish ham kiradi. Stanoklarda
ishlayotganda qirqimlarning uchib ketishi, ishlatilayotgan
asbobning sinib otilib
ketishi, detall yaxshi siqib ushlanmaganligi natijasida otilib ketib ishchilarni
jarohatlashi ham xavfli zonaga kiritiladi. Xavfli zonalar doimiy, harakatlanuvchan va
vaqti-vaqti bilan paydo bo`ladigan turlarga bo`linadi.
Doimiy xavfli zonaga qayishli,
zanjirli va tishli uzatmalar, stanoklarning qirqish zonalari va harakatlanuvchi valiklar
kiradi. Harakatlanuvchan xavfli
zonaga prokat qilish stanlari, potok liniyalari,
konveyerlar, qirqish joyi o`zgarib turadigan agregat stanoklari va boshqalar kiradi.
Nazorat savollari
1.
Texnologik jarayonlarni xavfsizligini ta`minlovchi vositalar
2.
Xavfsizlik texnikasi xizmati va uning vazifalari
3.
Uskunalarning ayrim turlariga qo`yiladigan xavfsizlik talablari.
4.
Mashinalarning xavfli zonalari.