Parmalash dastgohlarini ishlatishda xavfsizlig talablari




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/124
Sana06.10.2024
Hajmi3,02 Mb.
#273717
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Bog'liq
5b27936d71643

Parmalash dastgohlarini ishlatishda xavfsizlig talablari 
Parmalash dastgohlariga ishlashga ruxsat etilgan ishchi – mutaxassis, 18 yoshdan kam 
bo`lmagan, tibbiy ko`rikdan o`tgan, texnika xavfsizligi bo`yicha maxsus bilimga ega 
bo`lgan hamda ushbu kasb bo`yicha ruxsatnomaga ega bo`lishi kerak.
YAngi ishga kirgan ishchi – mutaxassis, faqat quyidagi yo`l - yo`riqlar o`tilgandan 
so`ngra ishlashga ruxsat etiladi; 
-
Texika xavfsizligi va sanoat sanitariyasi bo`yicha kirish yo`l - yo`riqlar; 
-
Texika xavfsizligi va sanoat sanitariyasi bo`yicha bevosita ish joylarida 
o`tkaziladigan yo`l – yo`riqlar o`tkazilgandan so`ngra tajribali ishchiga berkitilib uning 
nazorati ostida ishlashga ruxsat etiladi. 
Ishchi – mutaxassisning keyingi mehnat faoliyati davrida esa, 
-
Takroriy yo`l - yo`riqlar (har uch oyda bir marta). 
-
Rejadan tashqari yo`l - yo`riqlar (baxtsiz hodisalar ro`y berganda). 
-
O`ta havfli ishlarga o`tkaziladigan joriy (kundalik) yo`l – yo`riqlar o`tkaziladi.. 
O`tkazilgan yo`l - yo`riqlar maxsus daftarlarda qayt etilidi.
Parmalash dastgohlariga ishlashga ruxsat etilgan ishchi – mutaxassis, ish jarayonida 
unga berilgan himoya vositalari, maxsus kiyim kechak va oyoq kiyimlarda ishlashi va 
ularni doimiy ravishda yaxshi ishchi holatda tutishini ta`minlashi darkor. 
Kesuvchi, saqlovchi, o`lchovchi va boshqa ish jarayoni uchun kerakli uskunalarning 
ishga yaroqli ekanligini tekshirish. 
Quyidagi moslama va uskunalarning sozligini hamda mustahkamligini alohida 
tekshiruvdan o`tkazish talab etiladi; 
-
CHiqindi, sovutuvchi moy va suyuqliklardan muhofazalovchi moslamalarning 
sozligini; 
-
Ushbu jihozning erga ulab muhofazalash tizimining sozligini; 
-
Jihozni ishga tushuruvchi, ish jarayonidagi holatini va uni to`xtatish tizimlarini 
tekshirish; 
-
Jihozning bo`shalgan qismlarini yuo`qligini va aylanadigan qism laridagi 
muhofaza qobiqlarini ko`zdan kechirish; 
Agar jihozda qandaydir nosozlik aniqlangan zahoti, tezda ish bervchiga xabar berish, 
muammo hal bo`lmaguncha ishlash to`xtatiladi. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Parmalash dastgohlarini ishlatishda xavfsizlig talablari

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish