164
Albatta bir necha o`nlab shkala, signal va boshqa belgilarni
yuboruvchi nazorat-
o`lchov qurilmalari holatini hisobga olish va kerakli ko`rsatmalar bilan ta`minlab,
texnologik jarayonni to`xtovsiz davom ettirish ishchidan
katta mahorat talab qilishi
bilan birga uni kuchli toliqishga va ma`naviy charchashga olib keladi. SHuning uchun
ham mashina va mexanizmlarning boshqarish organlari aniq ko`rinadigan
va engil
boshqariladigan va farqlash oson qilib joylashtirishga katta e`tibor beriladi.
Ularni
stanokni o`ziga yoki bo`lmasa stanokdan birmuncha
olislikda joylashtirilgan
boshqarish markaziga joylashtiriladi. Sanoat korxonalariga o`rnatiladigan
jihozlar
tartib bilan joylashtirilishi, ko`zdan kechirish uchun qulay, moylash, qismlarga ajratib
ta`mirlash, sozlash, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish va boshqarish oson bo`lishi
kerak.
Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishchilarning charchashiga faqatgina jismoniy va
asabiy charchashgina ta`sir qilib qolmasdan balki ma`naviy charchash ham qo`shilib
ketishi mumkin. SHuning uchun tsexlarda o`rnatilgan mashina-mexanizmlarining har
xil ranglarga bo`yash, korxona devorlarini mashina ranglari bilan mutanosib bo`yashga
erishish katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.