161
Frezar jihoziga ishlashga ruxsat etilgan ishchi – mutaxassis, 18 yoshdan kam
bo`lmagan, tibbiy ko`rikdan o`tgan, texnika xavfsizligi bo`yicha maxsus bilimga ega
bo`lgan hamda ushbu kasb bo`yicha ruxsatnomaga ega bo`lishi kerak.
YAngi ishga kirgan ishchi – mutaxassis, faqat quyidagi yo`l - yo`riqlar o`tilgandan
so`ngra ishlashga ruxsat etiladi;
-
Texika xavfsizligi va sanoat sanitariyasi bo`yicha kirish yo`l - yo`riqlar;
-
Texika xavfsizligi va sanoat sanitariyasi bo`yicha bevosita ish joylarida
o`tkaziladigan yo`l – yo`riqlar o`tkazilgandan so`ngra tajribali ishchiga berkitilib uning
nazorati ostida ishlashga ruxsat etiladi.
Ishchi – mutaxassisning keyingi mehnat faoliyati davrida esa,
-
Takroriy yo`l - yo`riqlar (har uch oyda bir marta).
-
Rejadan tashqari yo`l - yo`riqlar (baxtsiz hodisalar ro`y berganda).
-
O`ta havfli ishlarga o`tkaziladigan joriy (kundalik) yo`l – yo`riqlar o`tkaziladi..
O`tkazilgan yo`l - yo`riqlar maxsus daftarlarda qayt etilidi.
Frezar jihoziga ishlashga ruxsat etilgan ishchi – mutaxassis, ish jarayonida unga
berilgan himoya vositalari, maxsus kiyim kechak va oyoq kiyimlarda ishlashi va ularni
doimiy ravishda yaxshi ishchi holatda tutishini ta`minlashi darkor.
II ish boshlanishidan oldin.
Kesuvchi, saqlovchi, o`lchovchi va boshqa ish jarayoni uchun kerakli uskunalarning
ishga yaroqli ekanligini tekshirish.
Quyidagi moslama va uskunalarning sozligini hamda mustahkamligini alohida
tekshiruvdan o`tkazish talab etiladi;
-
CHiqindi, sovutuvchi moy va suyuqliklardan muhofazalovchi moslamalarning
sozligini;
-
Ushbu jihozning erga ulab muhofazalash tizimining sozligini;
-
Jihozni ishga tushuruvchi, ish jarayonidagi holatini va uni to`xtatish tizimlarini
tekshirish;
-
Jihozning bo`shalgan qismlarini yo`qligini va aylanadigan qism laridagi
muhofaza qobiqlarini ko`zdan kechirish;
Agar jihozda qandaydir nosozlik aniqlangan zahoti, tezda ish bervchiga xabar berish,
muammo hal bo`lmaguncha ishlash to`xtatiladi.