|
BOB-6. TERRORIZM VA UNDAN AHOLINI HIMOYa QILISH
|
bet | 120/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниBOB-6. TERRORIZM VA UNDAN AHOLINI HIMOYa QILISH
MAЪRUZA 25.
Terrorchilik xarakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari.
Terrorizmga qarshi kurash.
Reja:
Terrorchilik xarakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari
Terrorizmga qarshi kurash.
Terrorizm - zo’rlik, zo’rovonlik degan ma’noni anglatadi.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida»gi qonunida terrorizm tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Terrorizm - mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo’q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etshidan tiylishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablantirishga, davlatiing suverenitetini, xududiy yaxlitlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarlik qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik, zo’rlik ishlatash bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qishmishdir. Terrorizm turlari:
1. Milliy.
2. Diniy.
3. Siyosiy.
4. An’anviy (bombali).
5. Telefon.
6. Yadroviy.
7. Kimyoviy.
8. Biologik.
9. Kiberterrorizm.
Terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladngan vositalar.
- sovuq qurollar;
- o’q otar qurollar;
- portlovchi moddalar
- zaharlovchi moddalar;
- biologik agentlar;
- radioaktiv modalar;
- yadro zaryadlari;
- elektromagnit impulьsi tarqatuvchilar.
|
| |