|
Terrorchi -terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs.
Terrochilik guruhi-
|
bet | 123/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниTerrorchi -terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs.
Terrochilik guruhi-oldindan til biriktilib, terrochilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayorgarlik ko`rgan yoki uni sodir etishda suiqasd qilgan shaxslar guruhi.
Terrorchilik tashkiloti - ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi.
Terrochilik faoliyati - terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrochilik harakatiga undashdan terrorchilik tashkilotini tuzishdan terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta'minlashdan iborat bo`lgan faoliyat.
Terrorchilik harakati-garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo`lga olish yoki ushlab turish uchun shaxslarni qo`lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobini, aholini milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik obektlarni bosib olish, shikaslantirish, yo`q
qilish, portlatish, o`t qo`yish, portlatish qurilmalarni, radiaktiv, biologik portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo`rqitishitish yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga olish, aholi gavjum joylarda ommaviy tadbirlar o`tkazilayotganidan vahima ko`rsatish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog`liligiga, jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkida avariyalar, texnogen xususiyatli haloqatlar sodir etish bilan zarar yetkazish yoki xavf tug`dirish, tahdilar qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik, jinoyatlarini, O`zbekiston respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro xuquqning umuetirof etilgan meyorlarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish.
Xalqaro terrorizim- bir davlat hududi doirasida tashqariga chiqadigan terrorizm deb tarif etilad Terrorizmga qarshi kurash O`zbekiston dunyo jamoatchiligini birlamchilardan bo`lib davlatlarni hamjixatlikka birgalikda harakat qilishga uning global muammoga aylanib ketishining oldini olishga eng nufuzli xalqaro tashkilotlar minbarlaridan turib chaqirdi. Mamlakatimiz Prizidenti I.A.Karimov 1993 yil Birlashgan Millatlar Tashkilotiga so`zlagan nutqida aynan terrorizm va uning moddiy manbalari to`g`risida to`talib, jahon jamoatchiligida birgalikda harakat qilish taklifini kiritdi.
Terroristik harakatlari va ular olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarning oldinini olish uchun sergak bo`lish, atrof muhitga etibor bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Shubhali buyumlar aniqlanganda ularga tegmaslik joyidan qimirlatmaslik, ko`tarmaslik va ichini ochmaslik zarur. Zudlik bilan 02 ga yoki yaqin atrofga joylashgan ichki ishlar bo`limi xodimlariga xabar berish, ular yetib kelguncha odamlarni unga yaqinlashtirmaslik zarur.
Favquloda vaziyatni kelib chiqishi turli xil terroristik aktlarning faktorlari.
Terroristik aktlar kelib chiqishi bo`yicha sosial , biolog-sosial va texnogen xarakterdagi bo`lishi mumkin.
|
| |