Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha




Download 3,22 Mb.
bet2/128
Sana13.05.2024
Hajmi3,22 Mb.
#230053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
ХФХ маърузалар матни

Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
Bizning mamlakatimizda Hayot faoliyati xavfsizligi – davlat va kasaba uyushmasining muhim masalalaridan biri bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan katta muammo hisoblanadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi – bu inson va mehnat haqidagi fan.
Ijtimoiy nuqtai nazardan u atrof muhitni va ishlab chiqarish vositalarining odam organizmiga ta’sirini o’rganib, shikastlanish, kasb kasalliklari va zaharlanishlarni oldini, olish maqsadida chora tadbirlar ishlab chiqiladi.
O’zbekistonda mehnatni himoya qilish to’g’risida dunyoda eng etakchi qonunlar majmuasi yaratilgan bo’lib, u har kuni nazorat qilinadi. Mehnat muhofazasi qonuniy majmualar va boshqa me’yoriy dalolatnomaga asoslanib amal qilinadigan, xavfsizlikni ta’minlash, sog’liqni saqlash, mehnat jarayonida insonning ishlash qobilyatini ta’minlash uchun yo’naltirilgan, huquqiy, ijtimoiy iqtisodiy, tashkiliy-texnik, sanitar-gigienik, davolash-profilaktika qilish chora tadbirlarga va vositalarga asoslangan sistemadir.
Huquqiy tadbirlar – xavfsiz va sog’lom mehnat sharoiti va qonuniy vositalar standartini belgilashni, ularga rioya qilishni ta’minlashni ya’ni davlat tomonidan jarima solishi mumkin bo’lgan qonuniy normalarni yaratishni o’z ichiga oladi.
Bu qonuniy me’yorlar O’zbekiston Respublikasi Konstituticiyasiga asoslangan bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: O’zbekiston Respubliksi sub’ektlari qonuni, O’zbekiston Respublikasi ijrochi hokimlik organlari va O’zbekiston Respublikasi sub’ektlarining normativ aktlari, ma’lum korxona va tashkilotlarga qo’llaniladigan muayyan normativ aktlar.
Ijtimoy va iqtisodiy tadbirlarni o’z ichiga oladi: mehnatni muhofaza qilish darajasini ko’tarish bo’yicha ish beruvchilarni rag’batlantirishdagi davlat chora tadbirlari; og’ir mehnatni bajarishda, shuningdek zararli va xavfli sharoitdagi mehnat uchun kompensaciya va imtiyozlar o’rnatish; ayrim ijtimoiy himoyasiz ishchilarni himoyalash; ijtimoiy sug’urta qilish va kasb kasalliklari yoki ishlab chiqarish jarohatlarida tovon to’lash va boshqalar.
Tashkiliy-texnik tadbirlar. Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi ishini rejalashtirish hamda mehnat muhofazasini qoidalariga rioya qilishni nazorat qilishda komissiya va xizmatlar tashkillashtirish, korxona rahbarlari va hodimlarini o’qishini tashkil qilish; ishchilarni zararli va xavfli olmillar bilan tanishtirish; ish joylaridan attestaciyasi, shuningdek negativ omillarning ta’sirlanish darajasini kamaytirish va chetlashtirish maqsadida yangi xavfsiz texnologiyalarni joriy qilish xavfsiz mashina, mexanizm va materiallarni qo’llashni joriy qilish; mehnat va texnologik intizomini oshirish.
Sanitar-gigienik tadbirlar - kasb kasalligini oldini olish maqsadida korxonadagi zararlarni kamaytirishga yo’naltirilgan ishlarni olib borishdan iborat. Davolash profilaktika tadbirlari davriy va birlamchi tibbiy ko’rikni tashkil qilish, davolash profilaktika ovqatlanishlarni tashkil qilish.
Tiklanish tadbirlari ish beruvchining ishchining tibbiy ko’rsatkichlariga muvofiq engil ishga o’tkazishni o’z ichiga oladi. Mehnatni muhofaza qilish maqsadi – ishlab chiqarish unumdorligini oshirish bilan birga xodimlarning kasallanishi yoki shikastlanishini kamaytirish. Mehnat sharoiti – insonning ishlash qobilyatiga va salomatligiga ta’mir qiluvchi, mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhiti omillarining yig’indisidan iboratdir. Mehnat sharoiti xavfsizligi – bu mehnat sharoitida ishchilarga zararli v xavfli omillarning ta’siri bo’lmaydi yoki ularining ta’siri qo’yilgan normadan oshmaydi.
Xavfsizlik – xavfli omillardan istisno bo’lgan faoliyat holati. Faoliyat – tarkibi maqsadga muvofiq o’zgaradigan atrofdagi olamga insoniy maxsus aktiv munosabat formasi. Har qanday faoliyat o’z ichiga maqsad, vosita, natija va faoliyat jarayonlarini oladi. Faoliyat formalari xilma-xil. Maishiy, ijtimoiy, madaniy, mehnat, ilmiy, ta’lim va hayotning boshqa sohalarida boradigan, amaliy, intelektual, ma’naviy jarayonlardir.

Download 3,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Download 3,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha

Download 3,22 Mb.