|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 3/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниFaoliyat sharoiti – yashash muhitida insonga ta’sir qiluvchi omillar yig’indisi.
Salomatlik – atrof muhitiga muvofiq kelishini tavsiflovchi va har qanday kasalliklarning yo’qligini ko’rsatuvchi organizmning tabiiy holati.
Xavfni identifikaciyalash – xavf ko’rinishini aniqlash mumkin bo’lgan sabablarini fazoviy va vaqt koordinatlarida, ko’rinish ehtimoligini, kattaligi va xavf oqibatini aniqlash jarayoni.
Xavf - odam salomatligiga ma’lum sharoitda zarar etkazishi mumkin bo’lgan hodisalar, jarayonlar, ob’ektlar, predmetlarning xususiyati.
Potencial – kutiladigan yashirin.
Sabab – boshqa voqeani keltirib chiqarish mumkin bo’lgan hodisa oqibat deb nomlanadi.
Tahlika – xavfning miqdoriy bahosi. CHastota sifatida yoki bir voqeaning boshlanishi bilan ikkinchi voqeaning kelib chiqishi bilan aniqlanadi. Odatda bu cheksiz kattalik bo’lib, 0 dan 1 gacha bo’lgan chegarada yotadi. Boshqa qulay usullar bilan ham aniqlash mumkin.
Salomatlikka zarar etkazish – kasallik, shikastlanish oqibatining o’limga yoki majruhlikka olib kelishi.
Sistema – o’zaro ta’siri maqsadga mos bo’lgan elementlar majmui.
Xayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifasi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy maqsadi – mehnat qonunlari asoslarini, mehnatni muhofaza qilishning umumiy masalalarini ishlab chiqarish sanitariyasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarishdagi yong’in texnikasi va yong’in xavfsizligini o’rganish, amal qilayotgan normalar bilan, qoidalar bilan, instrukciyalar bilan, GOST lar bilan va texnika xavfsizlik talablari bilan, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong’in profilaktikasi bilan tanishish.
Fanning asosiy vazifasi –
Talabalarni:
- Insonning dam olish va mehnat zonasida yashash muhitida qulaylik yaratish;
-Yashash muhitida negativ ta’sirlarning tabiiyligi, texnologikligi va antropogen kelib chiqishini identifikacichlash;
Negativ ta’sirlarining odamga va atrof-muhitga ta’siri rivojini oldindan ayta olish, ularni baholash va tahlikalarni boshqarish;
Negativ ta’sirlarni inson va uning yashash muhitiga ta’siri choralarini amalga oshirish va ishlab chiqish;
Texnika, texnologik jarayonlar va iqtisodiy ob’ektlarni xavfsizlik va ekologik talablarga binoan loyihalashtirish va ishlatish;
SHtatli va favqulodda holatda texnik sistemalarni va ob’ektlarni barqaror ishlashni ta’minlash;
Ishlab chiqarish hodimlarini va aholini avariya, halokat, tabiiy ofatlar oqibatidan ximiya qilish bo’yicha qaror qabul qilish va zamonaviy shikastlanish vositalarini qo’llash va ular oqibatlarini bartaraf qilish choralarini qo’llash uchun nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar bilan ta’minlash.
Fan mutaxassislarini tayyorlashda amaliy mexanika yo’nalishi bilan bir qatorda gumanistik tarkibini oshirishga yo’naltirilgan va ijtimoiy-iqtisodiy tabiiy fanlar va umumuy ta’limdan olgan bilimlariga tayanadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismi va ularning tarkibi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismi 1 rasmda ko’rsatilgan.
«Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги»нинг назарий асослари
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги»нинг ҳуқуқий ва ташкилий асослари
“Ишлаб чиқариш жараёнларининг санитария ва гигиенаси”
“Фавқулодда вазиятлар ва фуқаро муҳофазаси
“Табиий офатлар ва уларнинг оқибатлари”
“Терроризм ва аҳолини ҳимоя қилиш”
“Аҳолини фавқулодда ҳолатдан ҳимоя қилиш воситалари ва усуллари ва бошқа шошилинч ишлар”
“Ёнғин хавфсизлиги”
“Биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш асослари”
1bobda - Hayot faoliyati xavfsizligi fanining nazariy asoslarida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlovchi asoslari ko’rib chiqiladi, ya’ni hayot faoliyati xavfsizligi tushuchasi, maqsadi vazifasi, strukturasi va bo’limlari; hayot faoliyati xavfsizligi psixologik va iqtisodiy jihatlari o’rganiladi.
2 bobda - “Hayot faoliyati xavfsizligi huquqiy va tashkiliy asoslari” da hayot faoliyati xavfsizligi fanining qonuniy dalolatnomalari, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida ishlash va xizmat qilishni tashkil qilish; korxonada instruktaj o’tkazish va xavfsiz usullar bilan ishlashni o’rganish; hayot faoliyati xavfsizligi fanini davlat tomonidan nazorat qilish va ishtimoiy kontrolga olish ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va boshqa inson salomatligiga ta’sir etuvchi voqealarni tekshirish va hisobga olishni ko’rib chiqadi.
3 bob -“Ishlab chiqarish jarayonlarining sanitariya va gigienasi” da meteorologik sharoitlar va ularning inson organizmiga ta’siri, uning mehnat faoliyatiga ta’sni ya’ni shamollatish, yoritish, shovqin, titrash, chang, ultra va infra tovushlar, radiaciya, elektr xavfsizligini ko’rib chiqada;
4 bob - “Favqulodda holatlarda fuqaro muhofazasi”da favqulodda holatlar, ularning turlari, ko’rinishi va xardalolatnomaeristikasi: favqulodda holadda aholini himoya qilish vositalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida grajdanlik ximoya qilishni tashkil qilish qoidalari ko’rib chiqadi.
5 bob “Tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari”da tabiiy kataklizmalarning turlari (er qimirlashlar, er ko’chishlar, qor ko’chishlar suv toshqini qurg’oqchilik va boshqalar) va tenogen halokatlar va ularni oldini olish tadbirlarini ko’rib chiqadi.
|
| |