• 4. Mehnatni muhofaza qilish sistemasining tuzilishi.
  • Talablar 5 bo’limdan iborat: xavfsizlikning umumiy talablari, ishni boshlashdan oldin va ish vaqtida avariya holatlarida va ishni tugatganidan keyingi xavfsizlik talablar
  • bob - “Terrorizm va aholini himoya qilish” terrorizm haqida tushuncha uning turlari va kurashish usullarini ko’rib chiqadi. 7 bob




    Download 3,22 Mb.
    bet4/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    6 bob - “Terrorizm va aholini himoya qilish” terrorizm haqida tushuncha uning turlari va kurashish usullarini ko’rib chiqadi.
    7 bob - “Aholini favqulodda holatdan himoya qilish vositalari va usullari va boshqa shoshilinch ishlar”da favqulodda holatdagi sharoitda qutqarishni tashkil qilish uning usul va vositalarini ko’rib chiqadi.
    8 bob - “Yong’in xavfsizligi”da yong’inning fazalari turlari dalolatnomalari kelib chiqishi sabablarini: yong’in xavfsizligi xizmatini tashkil qilishni yong’in vaqtida evakuaciya qoidalarini ko’rib chikadi.
    9 bob -“Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish asoslari”da jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning qoidalari va oqibatlarini ko’rib chiqadi.

    4. Mehnatni muhofaza qilish sistemasining tuzilishi.
    Mexnat qonunchiligi ishlab chiqarishda mehnat xarakteri va xavfsiz sharoitni ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qilish sistemasini aniqlovchi mehnat muhofazasining qonuniy masalalarini bu sistemaning tuzilishini va unga kiruvchi har bir asosiy elementlarning tarkibini tartibga soladi. Mehnatni himoya qilish sistemasi o’ziga quyidagi asosiy elementlarni oladi: mehnatni muhofaza qilish qonunlari A, mehnatni muhofaza qilish xizmati J, moddiy texnik ta’minot V, sanitar-gigienik xizmat ko’rsatish R, mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilishni nazorat qilish D va mehnat muhofazasining ilmiy ta’minoti E.
    Mehnatni muhofaza qilish O’zbekiston va uning sub’ektlariga ta’sir tarqatuvchi qonun ostidagi dalolatnomalarni o’z ichiga oladi.
    Qonuniy dalolatnomalarga O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasi, mehnat kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, mehnat muhofazasi masalasi bo’yicha yuqori qonunchilik organlari bo’yicha qonun va qarorlar chiqadi.
    Qonun ostidagi dalolatnomalarga me’yoriy hujjatlar ya’ni davlat organlarining, sanoat korxonalarining, ishlab chiqarish ob’ektlarining, loyihalashning, qurilish va boshqa xususiy, davlat mulkchiligining butun amaliy faoliyatini reglamentlovchi qonunchilik dalolatnomalar asosida ishlab chiqilgan normalar, qonunlar, talablar va standartlarni o’z ichiga oladi.
    Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha bu qonunchilikka muvofiq o’zaro bog’liq dalolatnomalarning sistemasini regionda 1, respublikada 2, tarmoqda 3 va korxona doirasida ta’sir qiluvchi qiymatlarni namoyon qiladi.
    Hamma iqtisodiy tarmoqlar uchun, mehnat qonunchiligi qonuniy asosi va mehnat muhofazasining me’yoriy ba’zasi bo’lib, sanoatning har xil tarmoqlari korxonalarni loyihalash, qurish va ekspluataciya qilishda rivoya qilinadi. Uning asosida, mehnatni muhofaza qilish sohasida ayrim ishlab chiqarishning o’ziga xosligini inobatga olgan holda me’yoriy hujjatlari ishlab chiqiladi. Ayrim ishlab chiqarish chegarasida amal qiluvchi buyruq va farmoyish, cex, brigada, ish joyi va kasbning o’ziga xosligini namoyon qiladi. Mehnat muhofazasining davlat me’yoriy talablari, me’yoriy-qonuniy dalolatnomalarda saqlanadi. Respublikada mehnat faoliyati jarayonlarida ishchilarning salomatligi va hayotini saqlashga yo’naltirilgan qoidalar, chora-tadbirlar belgilanadi.
    Ishlab chiqarish jihozlari va texnologik jarayonlarni xavfsizligini loyihalash, davlat standartlari tarmoqlararo va tarmoq me’yoriy-huquqiy dalolatnomalarga muvofiq olib boriladi.
    Korxonalarda mehnat muhofazasining asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlariga standartlar, mehnat muhofazasi qoidalari va talablari kiradi.
    Standart va qoidalar umumiy talablarni o’z ichiga oladi va mehnat sharoitining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni amalga oshirish ma’muriyatga yuklatiladi, ishchilar esa ma’muriyatga amal qilishlari shart. Bunda talablar, ishchilar bajara oladigan talablardan iborat bo’lishi kerak.
    Talablar 5 bo’limdan iborat: xavfsizlikning umumiy talablari, ishni boshlashdan oldin va ish vaqtida avariya holatlarida va ishni tugatganidan keyingi xavfsizlik talablari. Talablar 5 yilda bir marta xavfi yuqori bo’lgan ishlar uchun uch yilda bir marta shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalari o’zgarganda ko’rib chiqiladi. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari B. Tarmoqli va ishlab chiqarish xizmatlariga bo’linadi. Mehnatni muhofaza qilishni moddiy texnik baza bilan ta’minlash V. Korxonani loyihalash va qurishda, ishlab chiqarish binosini qurishda va ishga tushurishda sanoat jihozlarini loyihalashda texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ular asosida yaratilgan oqimli va avtomatik liniyalarni joylashtirish va xizmat ko’rsatish, ishchilarni jamoa himoyasi va ularni aqliy himoya vositalari bilan ta’minlaganda mehnat muhofazasi muammolarini echishni o’z ichiga oladi. Uning vazifasi – mehnatni muhofaza qilishning prafilaktika yo’nalishini amalga oshirish ya’ni, shikastlanish korxonada ishlab chiqarish va kasb kasalliklarining oldini olish.

    Mehnatni muhofaza qilishning sanitar-gigienik xizmati T. Davsanepidnadzorning davolash profilaktika va sog’lomlashtirish ob’ektlari, davolash profilaktika ovqatlanish markaziy hududlarining faoliyatlarini o’z ichiga oladi. Uning asosiy vazifasi – mehnat xarakteri va sharoitini sistematik nazorat qilish, uni saqlash, tiklash va mustahkamlash uchun sharoit yaratish; ishchilarning zararli faktorlari ta’siriga odam organizmining qarshiligini kuchayishi va tez charchashi, shuningdek birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Mehnat muhofazasi talablariga rioya qilish nazorati D. Uch yo’nalish bo’yicha olib boriladi: davlat 1, ma’muriy 2, jamoaviy 3. Ularning asosiy vazifasi mehnat sharoitini nazorat qilish, ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilishning me’yorlari, qoidalari, qonunchiligiga rioya qilish. Mehnatni muhofaza qilishning ilmiy ta’minoti E, yuqorida ko’rib o’tilgan MMQ elementlari rivojlanishi uchun ilmiy bazani yaratish.



    Download 3,22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    bob - “Terrorizm va aholini himoya qilish” terrorizm haqida tushuncha uning turlari va kurashish usullarini ko’rib chiqadi. 7 bob

    Download 3,22 Mb.