|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 5/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниTayanch so’zlar: Hayot faoliyati xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, huquqiy-social iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitar-gigienik, davolash-profilaktika, reabelitaciya tadbirlar, mehnat sharoiti, mehnat sharoitinig xavfsizligi, mehnatni muhofza qilish sistemasi.
Nazorat savollari:
XFX deganda deganda nimani tushunasiz.
“MMQ” tushunchasiga ta’rif bering.
XFX fanining maqsad va vazifalarini ayting.
Qanday mehnat sharoiti xavfsiz hisoblanadi.
XFX fanining asosiy tarkibiiy qismlarini ayting va ularning
vazifasi nimada?
MMQ sistemasi qaysi elementlardan tashkil topgan.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlovchi principlar,
usullar va vositalar.
Reja:
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari hamda ularning sinflanishi.
Xafvsizlikni ta’minlovchi principlar, ularning sinflanishi va umumiy tushunchalar.
Xavfsizlikni ta’minlovchi usullar, ularning sinflanishi va umumiy tushunchalar.
Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar, ularning sinflanishi va umumiy tushunchalar.
Ishlab chiqarish xavfli va zararli omillari va ularning sinflanishi.
Ishlab chiqarishda ishchilar har xil zararli va xavfli faktorlari ta’siriga uchrashi mumkin. Ishlab chiqarishning faktorlari - o’tkir kasallik yoki kutilmaganda salomatlikning yomonlashishiga, o’limga sabab bo’ladigan mehnat jarayoni va muhit faktorlaridir.
Ishlab chiqarishning zararli faktorlari mehnat jarayoni va muhiti faktorlari, insonga ta’siri natijasida kasb kasalligni keltirib chiqaradi ishlash qobiliyatining vaqtincha yoki butunlay pasaytiradi infekcion kasalliklarining chastotasini oshiradi, avlodlarning salomatligini yomonlashiga olib keladi.
Xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari quyidagi sinflarga bo’inadi: fizikaviy,kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
Xavfli va zarali ishlab chiqarish faktorlarning sinflanishi 3 rasmda ko’rsatilgan. Bunday sinflanish ishlab chiqarishda bo’lgan, xavfli va zararli omillarni aniqlash va ularning ta’sirini kamaytirish yoki butunlay yo’qotishi uchun muhim.
Bitta ishlab chiqarishning xavfli yoki zararli faktorlari, ta’sir qilish tabiatiga ko’ra har xil sinflarga bo’linishi mumkin. U yoki bu ishlab chiqarish jihozlari va texnologik jarayonlariga mansub bo’lgan, faktorlarni aniqlashda va uning xavfsizligini ta’minlash uchun usul va vositalar tanlanadi. Xavfni idettifikaciyalash juda muhim ya’ni xavf borligini va uning xarakterini aniqlash shart.
Mehnat sharoitlari zararlilik va xavflilik darajasiga ko’ra
4 sinfga bo’linadi:
1-sinf mehnatning optimal sharoiti;
2-sinf funkcional og’ishlarni keltirib chiqaruvchi, qulay mehnat sharoitlari, ammo berilgan dam olgandan keyin odam organizmining normal holatga kelishi.
3-sinf zararli mehnat sharoiti, gigienik me’yorlaridan oshuvchi ishlab chiqarishning zararli omillaridan borishi bilan xarakterlanadi. Ular ishiga va uning nasliga negativ ta’sir ko’rsatadi. Gigenik normalardan oshishi va ishchi organizmiga o’zgarishi darajasi bo’yicha zararli mehnat sharoitlari o’z navbatida 4 ta zararli xavf darajasiga bo’linadi.
3 sinfning 1 darajasi – funkcional o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan, gigienik normalardan og’adigan zararli faktorlar bilan xarakterlanuvchi mehnat sharoiti. Bunday o’zgarishlar zararli faktorlar bilan aloqada bo’lgandan so’ng tiklanadi.
3 sinfning 2-darajasi – uzoq muddatli ekspoziciyadan so’ng (ko’pincha 15-dan so’ng va ko’proq yillar) kasb kasalligining boshlang’ich va engil shakl keltiradigan, ishlab chiqarish kasalliklarini ko’payishiga olib keluvchi barqaror funkcional o’zgarishlarni keltiruvchi, zararli omillar darajasi.
3 sinfning 3-darajasi – mehnat faoliyati davrida kasb kasalligining engil va o’rta darajasini keltirib chiqaruvchi omillar darajasi bilan xarakterlovchi mehnat sharoiti.
3 sinfning 4 darajasi – vaqtincha mehnat layoqati yo’qolishini belgilovchi, kasb kasalligining og’ir formalarini keltirib chiqaruvchi faktorlarning xarakterlovchi mehnat sharoiti.
4 sinf – ish smenasida qisqa vaqt ichida hayotga xavf keltiruvchi, kasb kasalligining og’ir va keskin darajasini oshiruvchi mehnat sharoiti. Xavfli mehnat sharoitida ishlash mumkin emas, avariya vaziyatlari, ta’mirlash ishlari bundan mustasno. Bunda ishlash maxsus individual himoyalash vositalar va qat’iyan ajratilgan vaqt ichida olish berilishi kerak.
|
| |