|
Gidravlik zarbasidan himoyalanish
|
bet | 9/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниGidravlik zarbasidan himoyalanish. Truba ichida harakatlanayotgan suyuqlikning birdaniga to’xtab qolishidan,truba ichidagi bosimning keskin ko’tarilishiga olib keladi,bosim ta’siri trubalarning yorilishiga olib keladi.SHuning uchun katta tezligida harakatlanadigan suyuqliklari bor bo’lgan trubalarda asta-sekinlik bilan yopiladigan zadvijkalar qo’llaniladi.
Normalash principi-sharoitni belgilashga rioya qilish , berilgan xavfsizlik darajasini ta’minlaydi.Normalar hisoblash va xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlar uchun birlamchi qiymatlar hisoblanadi. Normalashda misenning psixofizik xarakteristikasi, texnik va iqtisodiy imkoniyatlar hisobga olinadi. Ish zonasi havosida zararli moddalarning normasi PDK-predelьno dopustimiy koeficient bilan belgilanadi. PDK-bu shunday koeficientki bunda butun ish staji davomida inson kasallanmaydi va salomatlik holatidan og’maydi.
Mikroklimat parametrlari. Har xil faoliyat sharoiti uchun optimal va belgilangan temperatura, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi normalanadi.
SHovqin. SHovqinlar uchun tovush bosimi darajasi belgilanadi va dB oktava chizig’ida o’rtacha geometrik chastotali 63,125,250,500,1000,2000,4000,8000,Gu, shuningdek tovush darajasi va tovush darajasiga ekvivalent dBAda. SHovqini normalashda ob’ektlar xarakteri va qilinadigan ish turlari nazarda tutiladi. Yorug’lik. Yorug’likni belgilashda ilg’ash ob’ektining o’lchamlari bilan aniqlanadi(mm), bu bilan ko’rish ishining razryadi aniqlanadi. Tabiiy yorug’lik koeficienti bilan normalanadi. Yonidan yoritishda minimal qiymat bilan normalanadi yuqori va kombinirlangan yoritishda-o’rtacha qiymat bilan belgilanadi. Ish vaqti va dam olish vaqti. Ish kuni, ish haftasi, ishlab chiqarish staji,shuningdek dam olish vaqti va ta’tilni belgilash bilan normalash shakli hisoblanadi.
Kompensaciyali imtiyoz. Maxsus kiyim,sovun,sut, davolash-profilaktika ovqatlanishi normalar bilan belgilanadi. Himoya vositalari-normativ talablar asosida to’siqli qurilmalar, zazemleniya va boshqa himoya vositalari.
|
| |