|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 17/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниSHaxsiy resurslar – har xil vaziyatlarda va har xil vaqtda individning stabillik va yaxlitlikni tuta bilishiga imkon beradigan xususiyatlar:
Kuchli ta’sirni boshidan kechirmoq va integrirlash xususiyati;
Hayot kuchlarini his qilish, ya’ni kayfiyatni saqlash, sevilishga loyiq ekanligini his qilishni saqlash xususiyati;
Boshqa odamlar bilan bog’lanish hissini, Ego resurslarini tutib bilish xususiyati;
O’zini anglash ko’nikmalari: salohiyat, introspekciyaga qobiliyati, iroda kuchi va tashabbuskorlik; maqsad sari shaxsiy o’sishga yo’lamoq, shaxsiy talablarni anglash, uzoqni ko’ra bilish xususiyati;
SHaxslar orasidagi munosabat va o’z-o’ziga yordam berish malakasi: oqibatlarni ko’rib bilish xususiyati, shaxslararo munosatalar chegarasini o’rnatish.
Psixologik ehtiyojlar va kognitiv sxemalar:
Xavfsizlik: o’zining va yaiqnlarining himoyalilik tuyg’usi;
Hurmat, o’zining va boshqalarning qadriga etish;
Ishonch (bog’liqlik): o’ziga ishonchlilik xususiyati va o’z ehtiyojlarni amalga oshirish; boshqa odamlarning huquqini tan olish, o’zining fikriga ega bo’lish;
Nazorat: shaxslararo munosabatda o’z hissiyotlari va hulq-atvorini boshqarib bilish, shuningdek boshqa odamlarga ta’sir qilish;
Yaqinlik: o’z-o’zi bilan aloqada bo’lish va boshqalar bilan aloqani sezish.
Favqulotda vaziyatlar qatnashchilarga psixologik yordam
Jabrlanuvchilar bilan ishlash usuli, psixotravmatik omillarning shu vaqtda uzoq yoki yaqinligiga bog’liq. SHunga qaramasdan tarvmatik vaziyatlarni boshidan kechirgan shaxslarning korrrekciyasi va terapiyasining umumiy tamoyillari mavjud.
Me’yorlash tamoyilari – me’yordagi individ nome’yoriy vaziyatlar bilan to’qnashganda ekstraordinar holatlarni boshidan kechiradi. Bu jabrlanuvchiga o’zining belgilarini anglashga, ularning dinamikasini tushinishga va davolash jarayoniga yanada faol qatnashishga yordam beradi.
Raqobatlilik va shaxsiy fazilatlarni o’stirish tamoyili. Jabrlanuvchi vaziyatni boshdan kechirayotgan odamlar jizzaki, o’z-o’zini ayblash, kuchsizlikni his qilish yoki agressivligi oshadi. Bunday uslub atrofdagilarni uzoqlashishiga olib keladi.
Individuallik (shaxsiylik) tamoyili. Har bir kishi ruhiy zo’riqishdan keyin o’ziga kelish yo’lini o’taydi. Buni ham davolash jarayonida inobatga olish kerak. Jarohat olish paytidan qancha ko’p vaqt o’tgan bo’lsa, shuncha yuqori darajadagi malakaviy psixologik yordam kerak bo’ladi, ruhiy zo’riqishdan keyingi holat sababli boshqa psixologik muammolari bilan chambarchas bog’liq.
Travmatik ruhiy zo’riqishni boshidan o’tkazgan odamlarning o’zini xarob qilish sabablari:
jarohatni boshidan kechirgan inson, uning ta’siriga javob berish uchun uni takrorlanishiga intiladi. Misol: inson yong’in vaqtida o’z yaqinini qutqara olmaganligi uchun tushida cheksiz marta tushida shu yong’inni ko’radi va ularni qutqaradi yoki yong’in o’chiruvchi bo’lib ishga kiradi va odamlarni qutqara boshlaydi. Ammo o’tgan vaqtni qaytarib bo’lmaydi.
Har qanday travmatik ruhiy zo’riqishni boshidan kechirganda gunohkorlik hissi. Gunohkorlik hissi buzg’unkor va o’zini halok qilishga yo’naltirilgan.
|
| |