|
Mehnat muhofazasi va sharoitlarini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi usullari
|
bet | 20/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниMehnat muhofazasi va sharoitlarini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi usullari
Mehnat muhofazasi va sharoitlarini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarni kiritishdan ijtimoiy samaradorlikni baholash uchun quyidagi ijtimoiy-iqtisodiyko’rsatkichlar qo’llaniladi.
Mehnatning sanitar-gigienik sharoitlari me’yoriy talablarga muvofiq kelmaydigan, ish joylarini qisqartirish:
DKSG = SSGSH / SIJ
Bu erda: SSGM – mehnatning sanitar-gigienik sharoitlarini yaxshilashidan keyin ijtimoiy samaradorlik;
SIJ – umumiy ish joyi soni.
Santar-gigienik me’yorlarga muvofiq kelmaydigan sharoitda ishlaydigan ishchilarni qisqartirish:
DCHSG = SSGR / CHI,
bu erda: ESGR – mehnatning sanitar-gigienik sharoitini yaxshilashdan ijtimoiy samaradorlik,
SI – ishchilarning umumiy soni.
SSBT, SNiP va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar talabiga muvofiq keladigan mashina, mexanizm va ishlab chiqarish binolarining sonini oshirish:
DKS = EMB / SMB,
EMB – keltirilgan me’yoriy talablarga muvofiq keladigan mashina, mexanizm va ishlab chiqarish binolarining sonini oshirishdan olingan ijtimoiy samaradorlik,
SMB – mashina, mexanizm va binolarning umumiy soni.
Ishlab chiqarish jarohatlarning qisqarishi:
DKCH = ECH / SI, DKJ = EJ / NJS,
Bu erda: DKCH – jarohatlanishning takrorlanishining kamayishi,
DKJ – jarohatlanish og’irligining kamayishi,
EZ va EJZ – og’ir jarohatlanish va vaziyatlar sonini kamayishidan kelib chiqadigan ijtimoiy samaradorlik, ushbu tadbirlarni qo’llashdan avvalgi va keyingi ko’rsatkichlar orasidagi farq orqali aniqlanadi,
NJS – hisobot yilidagi jarohatlanishlar soni.
Ishlab chiqarishdagi kasalliklarning qisqarishi:
DKKH = SK / S, DKJ = EJ / NKH,
Bu erda: DKKH – nomuvofiq mehnat sharoitlari sababli ish layoqatligining vaqtincha yo’qotishdagi kasallanish holatlarining kamayish soni,
DKJ – jarohatlanish og’irligining kamayishi,
EZ va EJZ – og’ir jarohatlanish va vaziyatlar sonini kamayishidan kelib chiqadigan ijtimoiy samaradorlik,
NKH – hisobot yilidagi kasallanish holatlarining soni.
Mehnat sharoitining nomuvofiqligi sababli kadrlarning qo’nimsizligi:
Ktek = Etek / SI,
Etek – mehnat sharoitlarining nomuvofiqligi tufayli ishchilarning o’z xohishiga ko’ra ketishlarning qisqarishidan ijtimoiy samaradorlik.
|
| |