• O’zbekiston Respublikasi “Energetika va elektrlashtirish” Davlat akcionerlik jamiyati
  • 5.2. O’zbekiston Respublikasining Konstituciyasi (IX-bobi)
  • 38-moddada
  • Respublika “Sanitariya-epidemiologiya nazorati”




    Download 3,22 Mb.
    bet22/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Respublika “Sanitariya-epidemiologiya nazorati” havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo’qotish, cexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
    Davlat “Yong’in nazorati” yong’inga qarshi tadbirlarni, o’t o’chirish vositalarining holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
    O’zbekiston Respublikasi “Energetika va elektrlashtirish” Davlat akcionerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ishlatilishini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
    Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog’onali nazorat amalga oshiriladi:
    I pog’ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi bilan birgalikda cexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko’radilar.
    II pog’ona – har hafta cex boshlig’i katta jamoatchi-nazoratchi bilan birgalikda cexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko’radi.
    III pog’ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo’yicha korxonada qaror chiqariladi.
    Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi”ga yuklatilgan.


    5.2. O’zbekiston Respublikasining Konstituciyasi (IX-bobi)
    Har qanday mustaqil davlatning yoki demokratik jamiyatning taraqqiyoti qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, o’zining ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonun asoslari, ya’ni Konstituciyasi bo’lishi zarur.
    8 dekabr 1992 yilda O’zbekiston Respublikasining Konstituciyasi qabul qilinib, O’zbekistonda yashovchi barcha fuqarolarga, o’zlariga ma’qul va jamiyatga foydali bo’lgan mehnat bilan shug’ullanish, hunar o’rganish, ilm olish, ijod qilish, dam olish, sog’liqni muhofaza qilish, davolanish va boshqa huquqlar kafolatlangandir.
    Konstituciyaning IX-bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan.
    37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deyilgan. Matn davomida “ Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunga ko’rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog’ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat ta’qiqlanadi” deb qo’yilgan.
    38-moddada ”Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to’lanadigan ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi” deyilgan.
    39-moddada “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
    Nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas“ deyilgan va bu (tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor) nafaqa miqdorini doimiy ravishda oshirish imkoniyatini tug’diradi.
    40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilangan bo’lib, bunda tibbiyot xizmati bo’yicha cheklanish yo’qolib, turli-tuman kasalliklarni davolashda tibbiyot xodimlari o’z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo’ladilar, natijada davolash sohasida raqobat vujudga keladi va fuqarolar malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.



    Download 3,22 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Respublika “Sanitariya-epidemiologiya nazorati”

    Download 3,22 Mb.