• Mehnat muhofazasini va sharoitlarini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarning iqtisodiy ahamiyati
  • Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarini iqtisodiy aspektlari




    Download 3,22 Mb.
    bet18/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarini iqtisodiy aspektlari
    Har bir fuqaro xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish huquqiga ega – bu qonun O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasida qayd qilingan. Ishchiga xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash ish beruvchining majburiyatiga kiradi, bu ham qonunda qayd qilingan. Tabiiyki, ish beruvchi ish sharoitini yaxshilash uchun ma’lum miqdorda mablag’ sarflashi kerak, bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga ta’sir qiladi. SHu sababli ko’p ish beruvchilar mehnat muhofazasiga kamroq mablag’ sarf qilishga harakat qiladi.
    Ko’pgina ish beruvchilar mehnat muhofazasiga mablag’ sarflash samaradorli emas va ulardan qo’shimcha daromad olib bo’lmaydi, deb noto’g’ri o’ylaydilar. Biroq mehnat muhofazasiga to’g’ri munosabatda bo’lish, ish beruvchiga sezilarli iqtisodiy daromad keltiradi.
    Haqiqatdan ham mehnat muhofazasiga beparvolik natijasida kasb kasalligi va ishlab chiqarish jarohatlari ko’payishiga olib keladi. SHunga muvofiq ish beruvchi qo’shimcha mablag’, bevosita (jabrlanuvchiga har xil to’lovlar va kompensaciya, mehnat muhofazasi talablarini buzganligi sababli jarima) va bilvosita (jihozlarning majburiy to’xtatishi, ish unumdorligining pasayishi, ishchilarni o’qitish uchun qo’shimcha mablag’ sarflash).


    Mehnat muhofazasini va sharoitlarini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarning iqtisodiy ahamiyati
    Hozirgi vaqtda jamoa faoliyatining har taraflama iqtisodiy tahlilini kuchaytirishni talab qiladi.
    Bizning davlatimiz, mehnat sharoitini yakunlash, ishlab chiqarish jarohatlarni va kasb kasalliklarini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va ishlab chiqish uchun ajratilgan vositalarning ijtimoiy samaradorligidan tashqari iqtisodiy natijalari bo’lib, bular ishchilarning kasbiy faoliyat davrining oshishi; ishlab chiqarish unumdorligining o’sishi; kasb kasalligi va jarohatlar bilan bog’liq bo’lgan yo’qotishlarning qisqarishi, kadrlarning qo’nimsizligining kamayishi; imtiyoz va kompensaciyaga bo’lgan xarajatlarning qisqarishi.
    Ish sharoiti ishlab chiqarish unumdorligiga kuchli ta’sir qiladi. Yaqin ish sharoitida insonning ishlash qobiliyati oshadi, chunki inson organizmining zararli va xavfli ishlab chiqarish omillardan ham himoyalanishga kuch sarflash zaruriyati yo’qoladi. Bundan tashqari ish vaqtining samaradorligi oshadi.

    Download 3,22 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarini iqtisodiy aspektlari

    Download 3,22 Mb.