|
Ergonomikadagi fiziologiya
| bet | 15/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниErgonomikadagi fiziologiya- inson organizmi tomonidan energiyaning ishlab chiqarish jarayonining qonununiyatlarini belgilaydi. Organizmda ishlab chiqariladigan energiya kislorod iste’moli bilan baholanadi.
Psixologiya ergonomikaga inson-operator modeli axborotiga asoslangan inson faoliyati nazariyasini, ishni loyihalashtirish bilan bog’liq bo’lgan o’rganish nazariyasini va tashkil etish nazariyasini kiritadi.
Ergonomikaning vazifasi:
-
“inson-mashina” tizimini loyihalash, ya’ni inson va mashina orasidagi vazifalarni taqsimlash;
-
Ish maydonini shunday loyihalash kerakki, o’rab turgan fizikaviy muhit inson xarakteriga mos kelishi kerak;
-
Atrof-muhitni operator talablariga ko’ra loyihalash;
-
Ish vaziyatlarini loyihalash (ish vaqtining davomiyligi, dam olish vaqtlari va boshqalar).
Muhandislik psixologiyasi yukorida ta’kidlanganidek, ergonomikaning tarkibiy qismi bo’lib, “inson-muhit” tizimini tashkil qilish masalalarini quyidagi yo’llar orqali hal qiladi:
-
inson va mashina orasidagi vazifalarni taqsimlash;
-
“inson-muhit” tizimida inson bajaradigan vazifalarni tahlil qilish;
-
axborot tizimini loyihalash va sezuvchi kanallarni tanlash;
-
boshqarish vositalarini loyihalash;
-
ish joylarini loyihalash;
-
mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish qulayligini ta’minlash;
-
kadrlarni tanlash va va ularni kasbiy tayyorlash.
Ergonomik talablar loyihalashning barcha bosqichlarida qayd qilinishi kerak va u o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-
ish faoliyatining maqsadlari va vazifalarni belgilovchi, uning psixofiziologik tavsifini aniqlovchi kasbiy dasturni ishlab chiqish,
-
qo’yilgan vazifalarni aniqlash va tahlil qilish, texnika tuzilishi va harakatlanish tamoyillari, uning mehnat faoliyati mafsadiga qo’yiladigan tavsifnomasi,
-
inson va mashina tomonidan bajariladigan vazifasining sifatini baholash va tizimning umumiy samaradorligi asosida inson va texnika orasidagi vazifalarni taqsimlash,
-
inson bajaradigan jarayonlarning ketma-ketligini o’rnatish va taqdim etayotgan axborotning shakli va hajmini aniqlash,
-
inson faoliyatiga vaqt va aniq talablarning ishonchli aniq baholash.
Ko’rib chiqilgan ishlar asosida quyidagilar aniqlanadi: mutaxassislar tarkii, ularning vazifalari va ishlarini tashkil etish; axborotni aks ettirish vositalari tarkibi, boshqarish organlarining ish joyi va boshqarish pulьti; axborotni aks ettiruvchi vositalarning va boshqarish organlari hamda ish joyining korxonada joylanish komponovkasi.
|
| |