• Faoliyat xavfsizligini boshqarish asoslari
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,22 Mb.
    bet12/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    Tayanch iboralar. Xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari, xavfsizlikni ta’minlovchi, principlar, usullar va vositalar gemosfera; naksosfera;individual kollektiv himoya vositalari.


    III-bob. Faoliyat xavfsizligini boshqarish asoslari
    Ma’ruza № 3
    Inson-muhit-sistema” tizimidagi inson omili
    Reja:

    1. Faoliyat xavfsizligini boshqarish asoslari.

    2. Faoliyat xavfsizligini boshqarish funkciyalari.

    3. Hayot faoliyati xavfsizligida ergonmikani ta’minlash asoslari.



    1. Faoliyat xavfsizligini boshqarish asoslari

    Hayot faoliyati xavfsizligi boshqaruvi deganda kerakli natijaga erishish maqsadida “inson-muhit” tizimiga tashkiliy ta’siri tushiniladi. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish – bu ob’ektni atayin bir holatdan (xavfli) boshqa (xavfsiz) holatga o’tkazish. Bunda iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik shartlariga, harajatlarni taqqoslash va foyda olishga rioya qilinadi. Tizmining talabi xavfsizlikni belgilaydigan etarlicha, kerakli sondagi komponentlarni o’z ichiga oladi.
    Tizimli tahlilning muhim tamoyillari quyidagilardan iborat:
    - Qaror qabul qilish jarayonini oxirgi maqsadning aniq shakllarini ko’rsatishdan boshlanishi kerak;
    - Hamma muammoni bir butun shaklida ko’rib chiqish zarur;
    - Maqsadga erishishning alьternativ yo’llarining tahlili muhimdir;
    - Kichik maqsadlar umumiy maqsadlar bilan kelishmovchilikka duch kelmasligi kerak. Bunday maqsadlar haqqoniylik, predmetlik, miqdoriy aniqlik, samaradorlik talablarini qondirish zarur. Maqsadlarni shakllantirish – xavfsizlikni boshqarishda murakkab vazifa hisoblanadi. Dastur aniq maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan. Bu muhim maqsad. Ular kichik maqsadlarga bo’linib, muhimlik darajasiga qarab ajratiladi.
    Xavfsizlik talablari hisobiga olinadigan bosqichlari, faoliyatning to’liq jarayonini hosil qiladi, ya’ni: ilmiy g’oya; ilmiy tadqiqot ishi; OKR; loyiha; loyihani amalga oshirish; sinashlar; ishlab chiqarish; tashish; ishlatish; modernizaciyalash va qayta ta’mirlash; konservalash va tugatish; ko’mish; xavfsizlik talablarining zamonaviy qayd qilinishi nafaqat texnik, balki iqtisodiy tushunchalar bo’yicha qayd qilinadi.



    1. Download 3,22 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




    Download 3,22 Mb.