|
Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi
|
bet | 19/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниIqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
Avariya, yong’in, jarohat va kasalliklar tufayli ishlash qobiliyatini yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan talofat kamayyadi;
Tibbiy-biologik va texnologik-texnik sharoitlarning yaxshilanishi bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish unumdorligining oshishi natijasida olinadigan foyda ham oshadi;
Ish sharoitining yaxshilanishi sababli kadrlarning qo’nimsizligining kamayishi hisobida yo’qotishlarning kamayishi;
Jamoaviy himoya vositalari sifatida qo’llaniladigan jihozlarni ishlatishda energiya, mataeriallar va xom ashyolarning tejalishi;
Zararli mehnat sharoitida ishlaydigan ishchilar uchun imtiyoz va kompensaciyalar bilan bog’liq xarajatlarning kamayishi.
Mehnat sharoitini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda birinchi usullardan birini O.A. Afonin va A.V. Kopilov ishlab chiqganlar. Bu usul bo’yicha mehnat sharoitini yaxshilash asosida chora-tadbirlarni amalga oshiradigan iqtisodiy samaradorlikni pul shaklida ifodalangan xo’jalik hisobidagi hamda ijtimoiy samaradorliklarning yig’indisi deb aniqlash taklif qilindi. Xo’jalik hisobidagi samaradorligi ish unumdorligining oshishi ko’rsatkichi yoki ishlab chiqarish fondlarini yaxshi qo’llanilishining ko’rsatkichi orqali o’tkaziladi.
Bunda iqtisodiy samaradorlikka erishiladi:
Ish qobiliyatining oshishi va mehnat sharoitining yaxshilanganligi sababli charchashning kamayishi hisobida ish unumdorligining oshishi;
Ish joyida mehnatning noishlab chiqarish xarajatlarning kamayishi oqibatida mahsulotning ko’p mehnat talabligining kamayishi;
Ishlab chiqarish jarohatlari kasbiy kasalliklar oqibatida vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganligi sababli butun kun davomidaga ish vaqtini yo’qotishning qisqarishi natijasida ish vaqti fonli samaradorligining oshishi;
Smena ichida va butun kun davomida jihozlarning ishsiz turishining kamayishi natijasida jihozlarning qo’llanilish samaradorligining oshishi.
Umumiy iqtisodiy samaradorlikning ko’rsatkichi iqtisodiy natijalarning xarajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Mehnat muhofazasi va sharoitini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarni iqtisodiy tushuntirish uchun zarur bo’ladi:
Ishlab chiqarish muhiti, ijtimoiy natijalarning baza bo’yicha texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va kiritish variantlarining o’zgarishi bo’yicha birlamchi ma’lumotlarni tanlashni amalga oshirish;
CHora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlarni aniqlash;
CHora-tadbirlarning ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini hisoblash;
Butun iqtisodiy samaradorlikni hisoblash, ya’ni chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi iqtisodiy natijalar;
Sof, umumiy va solishtirma iqtisodiy samaradorlikni hisoblash.
|
| |