• 5.5. O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” (XIII-bobi)
  • -modda “Homilador va bolasi 1,5 yoshgacha bo’lgan ayollarni engilroq ishga o’tkazish”. 191-modda




    Download 3,22 Mb.
    bet25/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    189-modda “Homilador va bolasi 1,5 yoshgacha bo’lgan ayollarni engilroq ishga o’tkazish”.
    191-modda “Homiladorlik va tug’ish ta’tillari, tuqqangacha 70 kun, keyin esa 56 kun, qiyin tug’ish yoki 2 tadan ortiq bolaga 70 kun ta’til beriladi”.
    XII-bobi. Yoshlar mehnati yoritilgan bo’lib, 200-modda “Ishga qabul qilinishi mumkin bo’lgan yosh” deb nomlanib, shu jumladan, 16 yoshgacha bo’lgan shaxslar, alohida hollarda fuqarolar yig’inlari mahalliy hokimiyati komissiyalari qarori (kvota) asosida engil ishlarga qabul qilinadi. Ishlash haftada 24 soat, yuk ko’tarish me’yori 10 kg gacha. 16-18 yoshdagi o’smirlar ishlash hafta davomida 36 soat, yuk ko’tarish me’yori 15 kg to’lanadigan ish haqi balog’at yoshdagilarnikidan kam bo’lmasligi hamda mehnat ta’tillari 1 kalendar oy miqdorida, o’zi xohlagan vaqtda berilishi shartdir. O’smirlarni tungi ishlarda, ishdan keyin, dam olish kunlarida, galьvanik cexlarda, shamollatish tizimlarini ta’mirlashda, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashi taqiqlanadi.
    Balog’at yoshdagi ayollar yuk ko’tarish me’yori 15 kg va erkaklarda esa 20 kg, ish haftasi har ikkalasida 40 soatdan oshmasligi kerak.
    Ishdan keyin ishlash tashkilotning buyrug’i asosida tashkil etilib, 1 yilda 120 soat bo’lishi kerak.


    5.5. O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” (XIII-bobi)
    21 dekabr 1995 yilda O’zbekiston davlati Prezidenti tomonidan tas-diqlangan 161-1 raqamli O’zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” qabul qilindi. Ushbu Kodeksning XSH-bobi “Mehnatni muhofaza qilish”ga bag’ishlangan va 13ta, ya’ni 211-223 moddalardan tashkil topgan bo’lib, ishlab chiqarish korxonalari ma’muriyati mehnatkashlarga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodisa yoki zararlanishni, shuningdek moddiy yo’qotishni qoplash majburiyatini olish alohida ko’rsatilgan.
    211-moddada “Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.
    Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, Qonunlar va me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi. Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.
    215-moddada “Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo’l-yo’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
    Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qishlarini ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart.
    Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’quvdan, yo’l-yo’riqdan o’tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo’yish taqiqlanadi” deyilgan. Undan tashqari inson hayoti va sog’ligini saqlash masalalari yoritib berilgan.



    Download 3,22 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda “Homilador va bolasi 1,5 yoshgacha bo’lgan ayollarni engilroq ishga o’tkazish”. 191-modda

    Download 3,22 Mb.