|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 28/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниIzoh: Ruxsat etilgan ko’tarish bu – ko’tarishning maksimmal balandligining yo’l uzunligiga nisbati.
Nazorat savollari:
1. O’zbekiston Respublikasining Konstituciyasi qanday hujjat?
2. Konstituciyaning qaysi bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan?
3. O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish” qonuni kachon qabul qilingan?
4. O’zbekiston Respublikasining “Mehnat qonunlari kodeksi” qanday moddalardan tashkil topgan?
Ma’ruza № 6: Ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligi
tizimini boshqarish
Reja:
Mehnat xavfsizligi bo’yicha ishlarni tashkil etish va boshqarish.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari.
Mehnat muxofazasini buzganlik uchun javobgarlik.
6.1. Mehnat xavfsizligi bo’yicha ishlarni tashkil etish va boshqarish
Ishlab chiqarish va xalq xo’jaligining barcha sohalaridagi korxonalarda mehnat muhofazasini tashkil qilish va uni boshqarish bo’yicha maxsus xavfsizlik xizmati mavjud. Bu xizmat 1966 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va kasaba uyushmasi hay’atining qarorlariga asosan korxonalarda mehnat xavfsizligi bo’yicha tadbirlarni tuzish, ularni joriy qilish va bajarilishini nazorat qilish maqsadida korxonalarning barcha pog’onalarida shartli ravishda tarkibiy qismi sifatida kiritilgan edi. Ushbu xizmatni bevosita shu korxonaning bosh rahbari boshqaradi va bu xizmatni tashkil etish uchun uning yordamchisi va asosiy mutasaddi shaxs sifatida, texnika xavfsizligi bo’yicha muhandis tayinlanadi va unga hamkorlik qilish uchun, ko’p yillik ish tajribasiga ega bo’lgan muhandis texnik xodimlar, mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’zlari saylagan vakillar jalb etiladi.
Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalari ishlab chiqarish jarayonlarida sodir bo’ladigan zaharlanish, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarni keltirib chiqaradigan sabablarini aniqlash, bartaraf etish choralarini ishlab chiqish, bajarilishini ta’minlash, korxona ma’muriyatining ishchi va xizmatchilarga ish sharoitlarini yaxshilab borishi ustidan nazorat qilib turishi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini doimiy takomillashtirish, mehnat madaniyatini oshirish, baxtsizliklarni oldini olishga qaratilgan tashkiliy-texnik hamda sanitariya-gigienik tadbirlarni ishlab chiqish va ularni joriy qilishdan iboratdir. Xavfsiz ish jarayonlarni tashkil etgan rahbar xodimlarni moddiy rag’batlantirish, intizomsiz, egallab turgan lavozimi va xizmat burchiga loqayd qarovchi muhandis texnik shaxslarni qonun talablaridan kelib chiqqan holda javobgarlikka tortishga tavsiya qilish huquqlari berilgan.
1-rasm. Mehnat muhofazasini boshqarish
Mehnat muhofazasi xizmati xodimlariga bir qator majburiyatlar yuklatilgan. Ular mehnat muhofazasi qonun va qoidalariga ishchi va xizmatchilarni e’tiborini oshirish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratishdan iborat.
Vazirlar mahkamasining 7 noyabr 1994 yilda 538-sonli qaroriga ko’ra korxonalarda mehnatni muhofaza qilish davlat boshqaruviga o’tkazildi.
Vazirlar mahkamasining 16 fevral 1995yil 58-sonli qarori bilan Mehnat vazirligi qoshida “Mehnatni Muhofaza qilish Boshqarmasi” tuzildi. Uning asosiy vazifasi korxonalarda mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan barcha tashkiliy va texnikaviy muammolarni o’z vaqtida echilishini nazorat qilish hamda xavfsizlik mezonlarini muhokama qilish va tasdiqlash jarayonida ishtirok etish vazifasi yuklatilgan.
|
| |