• MAЪRUZA № 7. Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’l-yo’riqlar o’tkazish va xavfsiz ishlash usullariga o’qitish Reja
  • 7.1. Yo’l-yo’riqlar o’tkazish va o’qitishning huquqiy asoslari
  • Mehnat muhofazasini buzganlik uchun javobgarlik




    Download 3,22 Mb.
    bet30/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    6.3. Mehnat muhofazasini buzganlik uchun javobgarlik

    Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo’lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.


    Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to’liq, yoki qisman yo’qotgan xodimga belgilangan tartib va mikdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa to’lashi hamda sog’liqqa etkazilgan shikast uchun tovon to’lashi O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan.
    Agar xodim davolanish, protez qo’ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj bo’lsa, korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bog’liq harajatlarni to’laydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini o’zgartirib, qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan harajatlarni qoplaydi.
    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli huquqqa ega bo’lgan shaxslarga moddiy ziyonni belgilangan tartib va miqdorlarda qoplaydi.


    MAЪRUZA № 7. Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’l-yo’riqlar o’tkazish
    va xavfsiz ishlash usullariga o’qitish


    Reja:
    1. Yo’l-yo’riqlar o’tkazish va o’qitishning huquqiy asoslari.
    2. Kirish yo’l-yo’riqlarini o’tkazish.
    3. Ish joyida o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlar.
    4.Rejali, rejadan tashqari, joriy yo’l-yo’riqlar berish va mutaxassislar tayyorlash va o’qitish.


    7.1. Yo’l-yo’riqlar o’tkazish va o’qitishning huquqiy asoslari

    “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunning 19-moddasiga quyidagicha yozilgan.


    Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbarlari o’z kasblari va ish turlari buyicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o’qishlari, yo’l-yo’riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishlari hamda qayta attestaciyadan o’tishlari shart.
    Ma’muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek, boshqa ishga o’tayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o’rgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko’rsatish buyicha yo’l-yo’riqlar berishlari shart.
    O’ta xavfli ishlab chiqarishga yoki kasbiy tanlov tanlab qiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish buyicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestaciyadan o’tiladigan o’quv o’tkaziladi.
    Mehnatni muhofaza qilish buyicha belgilangan tartibda o’qitish, yo’l-yo’riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o’tmagan shaxslarni ishga qo’yish taqiqlanadi.
    Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari buyicha malakasini oshirib borilishini ta’minlashi shart.
    “Mehnat kodeksi” ning 13-bobi 215-moddasiga quyidagilar ta’kidlangan.
    Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo’l-yo’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
    Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish buyicha o’qishlarini ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart.
    Mehnatni muhofaza qilish buyicha o’quvdan, yo’l-yo’riqdan o’tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo’yish taqiqlanadi.
    Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarining ishchi-xodimlariga, davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda, mehnatni muhofaza qilish buyicha o’qishlari, yo’l-yo’riqlar olishlari borasida, shu korxonalarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatilgan va ular ushbu soha buyicha javobgar shaxs hisoblanadilar.



    Download 3,22 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128




    Download 3,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat muhofazasini buzganlik uchun javobgarlik

    Download 3,22 Mb.