|
III-bo’limi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish
|
bet | 38/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матни8.4. III-bo’limi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish
1. Quyidagi hodisalar maxsus tekshiriladi:
- bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ziyod, guruhiy baxtsiz hodisalar;
- o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
- oqibati og’ir baxtsiz hodisalar;
2. Guruhiy, o’lim bilan tugagan va oqibati og’ir baxtsiz hodisa to’g’risida ish beruvchi darhol xabar berishi kerak:
- davlat mehnat texnika nazoratchisiga;
- yuqori turuvchi xo’jalik organiga;
- hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga;
- xodimni ishlashga yuborgan tashkilotga;
- “O’zsanoatkontexnazorat”ga (uning nazorati ostidagi korxonada yuz bergan bo’lsa);
- viloyat kasaba uyushmalari kengashiga;
3. Guruhiy o’lim bilan tugagan va oqibati og’ir baxtsiz hodisani, viloyat mehnat boshqarmasi buyrug’iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya maxsus tekshiradi:
Rais - viloyat (bosh) davlat texnika nazoratchisi yoki ”O’zsanoatkontexnazorat” davlat qo’mitasi vakili;
A’zolar - yuqori turuvchi tashkilot vakili, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo’mitasi va ularning mehnat texnika nazoratchilari.
“O’zsanoatkontexniknazorat” davlat qo’mitasi organi nazorati ostidagi korxonalarda yuz bergan guruhiy, o’lim bilan tugagan va oqibati og’ir baxtsiz hodisalarni tekshiruviga, komissiya raisi qilib shu organ vakili tayinlanadi.
-2 yoki 4 kishining o’limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish mehnat vazirligi buyrug’iga asosan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi:
-Besh yoki undan ziyod kishi o’lgan baxtsiz hodisalar, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
4. Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi va maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi.
Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish dalolatnomasi
5. Maxsus tekshirish tugagandan so’ng 15 kun mobaynida (bosh) davlat mehnat texnik nazoratchisi (“O’zsanoatkontexnazorat” davlat qo’mita organi nazoratchisi) tekshirish materiallarini:
- hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga;
- nusxalarini, mehnat vazirligiga, viloyat mehnat boshqarmasiga, yuqori turuvchi xo’jalik organlariga yuboradi.
6. Ish beruvchi maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarganligi haqida, (bosh) mehnat texnika nazoratchisiga, shuningdek, “O’zsanoatkontexnazorat“ qo’mitasining mahalliy organlariga yozma ravishda axborot beradi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning sabablari.
|
| |