|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 35/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниNazorat savollari
1. Yo’riqnomalarning qanday turlari mavjud?
2. Uch pog’onali nazorat nima?
3. Mehnat muhofazasi qonunlari buzilganda qanday turdagi javobgarlik qo’llaniladi?
4. Xavfsizlik texnikasi bo’yicha o’qitish va bilimlarni tekshirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
MAЪRUZA № 8. Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan jarohatlanishlar
va kasb kasalliklari
Reja:
1. Baxtsiz hodisalar, jarohatlanish, kasbiy kasalliklar va zaharla-nishlarning asosiy sabablari.
2. Nizomning I- bo’limi, umumiy qoidalar.
3. II- bo’lim baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi.
4. III- bo’lim baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish.
5. IV- bo’lim baxtsiz hodisalar to’g’risida hisobot va sabablari tahlili.
Tayanch iboralar:
Hayot faoliyat xavfsizligi, gigiena, chora-tadbirlar, kasbiy zararlar, yo’l-yo’riq, ruhiy-fiziologik, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar.
Baxtsiz hodisalar, jarohatlanish, kasbiy kasalliklar va zaharlanishlarning asosiy sabablari
Xavfsizlikning talab va qoidalariga rioya qilmaslik, sanitariya-gigiena me’yorlari hamda mehnat intizomining buzilishi baxtsiz hodisalarini kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Baxtsiz hodisa (jarohatlanish) – inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlanishi baxtsiz hodisa (jarohatlanish) deb ataladi.
Kasbiy kasalliklar – ishchi-xodimlarga zararli ish sharoitlarining salbiy ta’siri natijasida hosil bo’ladigan kasalliklar kiradi.
Zararli ish sharoitlari – yomon (nobob) iqlim sharoitlari, zaharli changlar, me’yoridan ortiq shovqin va titrash, bosimning me’yoridan oshishi, yorug’likning etarli bo’lmasligi va boshqalar kiradi.
Korxonalarda uchraydigan baxtsiz hodisalar, kasb kasalliklari, va zaharlanishlarning sabablari 4 turga bo’linadi.
1. Tashkiliy sabablar. - Xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’l-yo’riqlar o’tmagan, ish joylarini noto’g’ri tashkil etilgan, ish joylari yo’laklarning to’silishi, dastgohlar vaqtida sozlanmaganligi, yaroqsiz asbob uskunalarni ishda qo’llash, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlash,
2. Gigienik sabablar. - Oqova suvlarda va havodagi zararli moddalarning yuqori koncentraciyasi mavjudligi, nobob iqlim sharoitlari, yorug’likni etarli emasligi, shovqinning yuqoriligi, sanitariya-maishiy xonalarning etishmasligi va tibbiy ko’rikdan o’tmaganligi.
3. Texnik sabablar. - Mashina, uskunalarning kamchiliklari va nosozligi, og’ir ishlarni mexanizaciyalashtirilmaganligi, xavfsizlik to’siqlar yo’qligi, uskunalarning noto’g’ri joylashtirilishi va ularning nosozligi.
4. Ruhiy-fiziologik sabablar. - Ishlarning og’irligi va zo’rma-zo’rakiligi, me’yoridan ortiq charchash, ishning monotonligi (bir xilligi), ziyraklikning pasayishi, xavfsizlik qoidalarini buzilishi, mehnat intizomining buzilishi, ishchilarning psixofiziologik sifatlarini bajarayotgan ishga mos kelmasligi yoki uning nosog’lomligi.
Korxona rahbarlarining va muhandis-texnik xodimlarning kun tartibidagi asosiy vazifalaridan biri “Ma’muriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vositalarini joriy etishlari va ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarini oldini oladigan sanitariya sharotlari”ni ta’minlashi shart (“MMQ to’g’risida”gi qonunning 18-moddasi).
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyun 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan, ”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi.
|
| |