Rejali, rejadan tashqari, joriy yo’l-yo’riqlar berish va mutaxassislar tayyorlash va o’qitish




Download 3,22 Mb.
bet33/128
Sana13.05.2024
Hajmi3,22 Mb.
#230053
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
Bog'liq
ХФХ маърузалар матни

7.4. Rejali, rejadan tashqari, joriy yo’l-yo’riqlar berish va mutaxassislar tayyorlash va o’qitish


1. Rejali yo’l-yo’riqlarni o’tkazish vaqtini, korxona rahbari kasaba uyushmalar qo’mitalari bilan kelishilgan holda belgilaydi (3 yoki 6 oyda). Bu yo’l-yo’riqning mazmuni, ish joyida o’tkaziladigani bilan bir xil bo’lib, ishchi-xizmatchilarning lavozimi, ish staji, malakasidan qat’iy nazar (cex, uchastka rahbari) o’tkaziladi va 2-sonli daftarga qayd etiladi.
2. Rejadan tashqari yo’l-yo’riqlarni texnologik texnologik jarayonlarni o’zgarishi, yangi mashina va jihozlar o’rnatilishi hamda yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining o’zgarishi, turdosh korxonalarda baxtsiz hodisalar berganda o’tkazilib, 2-sonli daftarga qayd qilinadi.
3. Joriy yo’l-yo’riq o’ta xavfli ishlarda ishlaydigan, bosim ostida ishlaydigan idishlarda (kompressorlar, gaz ballonlari, cisternalar), yuk ko’tarish kranlari bilan, gaz va elektr payvanchilarga elektr uskunalar bilan ishlaydigan ishchi-xodimlarga kundalik ruxsatnoma bilan bajariladigan xavfli ishlarga ish boshlanishidan oldin o’tkaziladi.
- Naryad ruxsatlar bosh muhandis, bosh mexanik, bosh energetiklar tomonidan beriladi. Ular xavfsizlik texnikasi bo’yicha attestaciyadan o’tgan bo’lib, xavfli ishlar bo’yicha javobgar shaxs hisoblanadi va korxona rahbari tomonidan ichki buyruqqa asoslanib tayinlanadi.
4. O’zbekiston Respublikasining oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish korxonalarining mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydilar.
Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari xalq xo’jaligini turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar va o’quvchilar mehnatni muhofaza qilish kurslarini albatta o’tishlarini tashkil etishlari kerak.
Vazirliklar, idoralar, koncernlar, associaciyalar va boshqa xo’jalik boshqaruv idoralari mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini ta’minlaydilar (MMQT qonunning 10-moddasi).



1-rasm. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat xavfsizligi bo’yicha
o’qitish va yo’l-yo’riqlar o’tkazish chizgisi

Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbarlari o’z kasblari va ish turlari bo’yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o’qishlari, yo’l-yo’riq olishlari, bilimlarini tekshirishdan o’tkazishlari hamda qayta attestaciyadan o’tishlari shart.


Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha belgilangan tartibda o’qitish, yo’l-yo’riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o’tmagan shaxslarni ishga qo’yish taqiqlanadi. Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha malakasini muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart (“Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunning 19-moddasi va mehnat kodeksinig 215-moddasi).



Download 3,22 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Download 3,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rejali, rejadan tashqari, joriy yo’l-yo’riqlar berish va mutaxassislar tayyorlash va o’qitish

Download 3,22 Mb.