Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari




Download 3,22 Mb.
bet29/128
Sana13.05.2024
Hajmi3,22 Mb.
#230053
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128
Bog'liq
ХФХ маърузалар матни

6.2. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari

Vazirliklar, idoralar, koncernlar, associaciyalar, boshqa xo’jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (davlat) qo’mitasi bilan kelishib, o’zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.


Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi) 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo’lgan korxonalarda esa bundan tashqari, yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o’z maqomiga ko’ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo’ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo’linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo’lgan ko’rsatmalar berish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqidagi korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo’lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to’xtatilgan taqdirdagina tugatiladi.
Ushbu xizmatlarning bajarilishi zarur bo’lgan asosiy vazifalari, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodisalar, zaharlanish va kasb kasalliklarini keltirib chiqargan sabablarini aniqlab qaytarmaslik tadbirlarini ko’rishdir.



Download 3,22 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128




Download 3,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari

Download 3,22 Mb.