|
Kirish yo’l-yo’riqlarini o’tkazish
|
bet | 31/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матни7.2. Kirish yo’l-yo’riqlarini o’tkazish
Kirish yo’l-yo’riqlari ishga yangi kirayotganlar uchun o’tkaziladi. Bu yo’l-yo’riqni berishdan maqsad ishga kirayotgan kishiga mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va ishlab chiqarish gigienasi hamda yog’in xavfsizligi to’g’risida to’laqonli ma’lumot berish, uni korxona hududlari va cexlaridagi tartib-qoidalardan xabardor qilishdir. Kirish yo’l-yo’riqlari yaxshi jihozlangan va ko’rgazmali qurollar o’rnatilgan mehnatni muhofaza qilish kabinetida o’tkaziladi. Ushbu yo’l-yo’riqni ishchi-xizmatchilarga xavfsizlik texnikasi muhandisi, muhandis-texnik xodimlarga esa korxonaning bosh muhandisi tomonidan o’tkaziladi va 1-raqamli daftarga qayd qilinadi.
- Kirish yo’l-yo’riqlari berish vaqtida ishga kirayotgan ishchi-xodimlarga quyidagilar bilan tanishtirilishi shart.
- Korxona haqida umumiy tushunchalar;
- Korxonaning ichki tartib qoidalari;
- Mehnatni muhofazasi qonunlari asoslari;
- Ishlash va ish oralig’ida hordiq chiqarish;
- Korxonada mavjud xavfli hududlar;
- Jihozlar o’rnatilgan hududlardagi xavfli ish o’rinlari, to’siqlar, muhofazalovchi tok o’chirish va saqlovchi qurilmalar to’g’risida;
- Ayollar va yoshlar mehnati haqida tushuncha;
- Davlat, ma’muriy va jamoatchilik nazorati;
- Baxtsiz hodisalar, jarohatlanish va kasb kasalliklari haqida umumiy tushunchalar;
- Ishlab chiqarish signallari va xavfsizlikning texnik asoslari;
- Bosim bilan ishlaydigan qurilmalarni xavfsiz ishlatish;
- Elektr tokining inson organizmiga ta’siri va undan himoyalanish usullari;
- Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlim sharoitlari haqida tushuncha;
- Ishlab chiqarish binolarini shamollatish usullari va yoritish turlari;
- Yong’in xavfsizligi asoslari haqida tushuncha.
SHu bilan birga baxtsiz hodisa ro’y berganda fuqaro o’zini qanday tutishi haqida tushunchalar beriladi va alkogolli ichimliklar baxtsiz hodisalarning asosiy sababchi omillaridan biri ekanligi haqida aytib o’tilishi shart hisoblanadi.
-Maxsus kiyimlar, shaxsiy muhofaza vositalaridan, sanitariya-gigiena xonalaridan foydalanish va jabrlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish usullari haqida ma’lumotlar beriladi.
|
| |