|
IV-bo’lim baxtsiz hodisalar to’g’risida hisobot va sabablari tahlili
|
bet | 39/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матни8.5. IV-bo’lim baxtsiz hodisalar to’g’risida hisobot va sabablari tahlili
1. N-1 shaklidagi dalolatnoma bo’yicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobotga kiritiladi.
2. N-1 shaklidagi dalolatnomalar asosida ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar chog’ida jabrlanuvchilar to’g’risida statistika organi tasdiqlagan shakllarda hisobot tayyorlaydi va tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Mehnat xavfsizligi bo’yicha hisobotlar. Ishlab chiqarishda, ro’y bergan shikastlanishlar dinamikasini baholash va unga qarshi chora-tadbirlar ko’rishga imkon beradi va tahlil qilish hamda ma’lumotlarni statik jihatidan asosiy ko’rsatkichlarni aniqlashda zamin yaratadi.
a) Baxtsiz hodisalarning chastota ko’rsatkichi 1000 ishchiga bo’lgan.
Pr= N∙1000 / R
N – shikastlanganlar soni
R – ishlovchilar soni
b) Baxtsiz hodisalarning og’irlik koefficienti.
P0 = D / N
D – yo’qotilgan ish kunlari
N – shikastlanganlar soni
4. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini qilishi, ularning mehnat jamoasida ko’rib chiqilishini ta’minlashi va jarohatlanishlarning oldini olishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartdir.
5. Vazirlik, korporaciya, uyushma va koncernlarning barchasi, baxtsiz hodisalarning hisobini va tahlilini olib boradi, uni o’ziga qarashli korxonalarga ma’lumot uchun yuboradi, baxtsiz hodisalarning oldini olishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
6. O’lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuqori turuvchi kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan birgalikda, yuqori turuvchi xo’jalik organlarida va “O’zsanoatkontexnazorat” davlat qo’mitasi hay’atida (agar baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi ob’ektda yuz bergan bo’lsa), (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi ishtirokida mu-hokama qilinadi.
7. Ikki va undan ortiq kishi halok bo’lgan baxtsiz hodisa Mehnat vazirligi hay’atida, viloyat mehnat boshqarmasida, “O’zsanoatkontex-nazorat” davlat qo’mitasi hay’atida nazoratchilari ishtirokida ko’rib chiqiladi va muhokama qilinadi.
|
| |