Inson organizmining tashqi muhitga moslashuvi




Download 3,22 Mb.
bet47/128
Sana13.05.2024
Hajmi3,22 Mb.
#230053
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
Bog'liq
ХФХ маърузалар матни

Inson organizmining tashqi muhitga moslashuvi
Ish joyi muhitining ob-havo sharoiti insonning mehnat qilish qobiliyatiga, uning sog’lig’iga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Insonning hayot faoliyatida ob-havo omillarining deyarli salbiy yoki ijobiy xolatlarda ta’sirini bilish va uni mo’’tadillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo’llash mehnat qilish jarayonida mehnat samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Qo’llanilgan chora-tadbirlar ba’zi sharoitlarda foydali bo’lishi yoki zararli bo’lishi mumkin. Ish bajarilayotgan joylarda havo harorati yuqori bo’lgan vaqtda ijobiy va harorat past bo’lgan vaqtda esa salbiy natija berishi kuzatiladi.
Ob-havo sharoitining doimo o’zgarib turishida tana haroratining o’zgarmasligini saqlashni inobatga olib organizmdagi biokimyoviy jarayonlar faoliyatiga yaxshi imkoniyat yaratadi. Tana harorat darajasining ortib ketishi issiqlash, tushib ketishi esa sovish deb ataladi. Issiqlash va sovish hayot faoliyatini buzuvchi halokatli xolatni vujudga keltiradi. SHuning uchun ham inson organizmida tashqi muhit bilan moslashuvchi fiziologik mexanizm mavjud bo’lib, u markaziy asab tizimining nazorati ostida bo’ladi. Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashinuvi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikning ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik nisbatini saqlab turadi.
Ish joylaridagi ob-havo sharoitini havoning quyidagi ko’rsatkichlari belgilaydi:
- havoning harorati, “S” bilan o’lchanadi;
- havoning nisbiy namligi, % bilan aniqlanadi;
- havo bosimi, R/mm simob ustuni yoki Pa bilan o’lchanadi;
- ish joyidagi havo harakati tezligi, m/s bilan o’lchanadi.
Bulardan tashqari ob-havo sharoitiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud. Bular har xil mashina-mexanizmlar materiallari yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari bo’lib, havo haroratini oshirishga olib keladi. Yoz paytlarida korxona hovlisida to’xtab turgan mashinalar va boshqa temir beton hamda asfalьt qoplamasi materiallaridan tarqalayotgan issiqligi xuddi alangadan tarqalgan haroratga o’xshaydi. Bular, albatta, korxona hududida havo haroratini oshiruvchi asosiy omillar bo’lib hisoblanadi.
Bu omillar ta’siridan hosil bo’ladigan harorat korxona xavo muhitining mikroiqlimi deb yuritiladi.
Ob-havo omillari mehnat qilish qobiliyatiga va insonning sog’lig’iga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida ob-havo omillarining deyarli hammasi bir vaqtda ta’sir qiladi. Ba’zi sharoitlarda bunday ta’sir ko’rsatishi foydali bo’lishi mumkin. Masalan, sovuq sharoitda tananing qurishi natijasida darmonsizlanish ko’proq uchraydi, ba’zi vaqtlarda esa, bir-biriga qo’shilishi natijasida zararli ta’sir darajasi ortib ketishi mumkin. Ana shunday, nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun og’ir sharoitni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, ish joylaridagi havo harakatini oshirish harorat yuqori bo’lgan vaqgda ijobiy va harorat past bo’lgan vaqtda esa salbiy natija beradi.
Bundan ko’rinib turibdiki, ob-havo omillari ba’zi hollarda kishiga ijobiy va ba’zan esa salbiy ta’sir ko’rsatib, inson organizmining tashqi muhitga moslashuvini buzib yuborishi mumkin. Tanada muhitga moslashuv - bu inson organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36—37°S) saqlab turish qobiliyati, demakdir.
Tashqi muhitga moslashuv ikki xil: fizik va kimyoviy bo’lishi mumkin. Tashqi muhitga kimyoviy moslashuv organizmning issiqlash davrida modda almashinuvini kamaytirishi va sovishi natijasida modda almashinuvini oshirishi, ammo tashqi muhitga kimyoviy moslashuv uning keskin o’zgarishi borasida tashqi muhitga fizik moslashuvga nisbatan ahamiyati katta emas. Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo’l bilan o’tishi mumkin:
-odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiaciya orqali havo almashinuvi);
- tanani o’rab turgan havo muhitini isitish (konvekciya);
-terining terlab bug’lanishi va nafas olish yo’llari orqali suyuqliklarning bug’lanishi natijasida.
Me’yoriy sharoitda, kuchsiz havo harakati bo’lgan holatlarda harakatsiz odam tanasi radiaciya yo’li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45 foizini, konvekciya natijasida 30 foiz va terlash orqali 25 foizini yo’qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy issiqlikning 80 foizidan ortig’i, nafas olish a’zolari orqali 13 foiz va taxminan 5 foiz issiqlik ovqat, suv va havoni isitishga sarflanadi.

Download 3,22 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Download 3,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inson organizmining tashqi muhitga moslashuvi

Download 3,22 Mb.