• Havoning kimyoviy tarkibi va shamollatish usullari.
  • Texnika xavfsizligi




    Download 3,22 Mb.
    bet55/128
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,22 Mb.
    #230053
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128
    Bog'liq
    ХФХ маърузалар матни

    MAЪRUZA№ 14.
    Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va ularning turlari


    Reja.
    1. Havoning kimyoviy tarkibi va shamollatish usullari.
    2. Tabiiy shamollatish turlari va usullari.
    3. Sun’iy (mexanik) shamollatish xillari va ularning turlari.
    4. Mahalliy shamollatish tizimlari va uning turlari.
    5. SHamollatish tizimlaridan xavfsiz foydalanish.


    Havoning kimyoviy tarkibi va shamollatish usullari.
    Inson hayotida havoning ahamiyati juda katta bo’lib, uning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari tarkibida har xil moddalarning bo’lishi, havodan nafas olib, mehnat qilayotgan kishilar uchun juda muhim. CHunki havoning tozaligi inson salomatligini saqlovchi muhim omil hisoblanadi.
    Er atmosferasi quruq havo bilan ma’lum miqdordagi suv bug’larining aralashmasidan tashkil topgan. Quruq atmosfera havosining tarkibi 78% azot, 20,9% kislorod, 0,93% argon, 0,03% karbonat angedridi va kam miq-dorda geliy, neon, kripton va boshqa gazlar bo’lib shulardan inson uchun eng zaruri havo tarkibidagi kislorodning mavjudligidir.
    Havo holati uning bosimi, zichligi, harorati, absolyut namligi, namlik sig’imi, nisbiy namligi, issiqlik sig’imi va boshqalar bilan belgilanadi.
    Korxonalardagi ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamollatish yo’li bilan tozalanib, zaharlanish va kasbiy kasallaklarni oldini olishga erishish mumkin hisoblanadi.
    SHamollatish ishlab chiqarish binolaridagi havoni keragicha almashtirishni ta’minlash bilan bir qatorda, ishlovchi xodimlar hamda texnologik jarayonning borishi uchun qulay sharoit yaratadi.
    Havoning harakatlanish usuliga ko’ra shamollatish ikki turga bo’linadi.
    Tabiiy shamollatish usulida, binolarga havo almashtirish tabiiy kuchlar, gravitacion issiqlik va shamol bosimi ta’sirida kiradi va chiqib ketadi.
    Sun’iy (mexanik) shamollatish usulida esa havo almashtirish, binolarda o’rnatilgan so’rib oluvchi va uzatib beruvchi mexanik shamollatgichlar vositalari yodamida amalga oshiriladi.



    Download 3,22 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128




    Download 3,22 Mb.