|
Tabiiy shamollatish turlari va usullari
|
bet | 56/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниTabiiy shamollatish turlari va usullari.
Tabiiy shamollatish, tashqaridan bino ichiga kirgan sovuq havo bino ichidagi issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib, isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli engillashib, binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun tirqishlar hosil qilsak, unda havoni tashqariga chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Bu jarayon korxona binolarida, ayniqsa yilning sovuq faslida uzluksiz davom etadi va mazkur hodisa aeraciya deyiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, ayniqsa, issiqlik ajralishi bilan kechadigan jarayonlarda almashtiriladigan havoning miqdori ko’p bo’lmaganligi sababli, issiqlikni tabiiy shamollatish yo’li bilan chiqarish anchagina iqtisodiy samara beradi.
Bunda asosiy e’tiborni havoni kirish yo’nalishlari va chiqish joylarini ta’minlashga qaratish lozim.
Ma’lumki, issiq havo yuqoriga qarab ko’tariladi, sovuq havo esa pastki yo’naladi, shu sababli issiqlik ajralib chiquvchi binolarda, sovuq havoni poldan 4m balandlikdan berish maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy shamollatish.
Tabiiy shamollatishni hisoblashda, asosan, ma’lum isitish hisobiga engillashib, binoning yuqori qismlarida yig’ilgan ortiqcha bosimni, biron-bir havo chiqarib yuborish joyidan tashqariga yo’naltirish mo’ljallanadi
Bulardan tashqari tabiiy havo almashish shamol ta’sirida ham bo’lishi mumkin.
Tabiiy shamollatishning afzallik tomoni shundaki, bu usulni qo’llashda ortiqcha ishlab chiqarish xarajatlariga, ya’ni elektr energiya uchun to’lovlarga, mexanik jihozlarga sarflanadigan mablag’larga ehtiyoj bo’lmaydi, kamchiligi esa tashqi havo harorati va tezligiga bog’liqligidir.
Sun’iy (mexanik) shamollatish xillari va ularning turlari.
Binolarda mexanik shamollatish havo so’rgichlar (ventilyatorlar) yordamida amalga oshiriladi.
Havo so’rgichlar asosan ikki xil bo’ladi.
a) Markazdan qochma (centrobejnыy).
b) O’q bo’ylab yo’nalgan (osevoy).
Ular o’z navbatida hosil qiladigan havo bosimiga qarab:
a) Past bosimli-1000 n/m2 gacha.
b) O’rta bosimli-3000 n/m2 gacha.
v) Yuqori bosimli-12000 n/m2 gachalarga bo’linadi.
Binolarda havo almashtirishda asosan shamollatish tizimlarining past va o’rta bosimli xillaridan foydalaniladi.
CHangli havoni yoki paxta, jun va boshqa tolali materiallarni havo quvurlari vositalarida tashishda o’rta va yuqori bosimli havo so’rgichlar qo’llaniladi.
Mexanik shamollatish uch turli bo’ladi:
a) SHamollatishning uzatuvchi (oqib keluvchi) tizimi, ya’ni tashqaridan olingan sof havoni binoga uzatib berish. Bunda tashqi havo qabul qiluvchi quvur orqali o’tib, filьtrda tozalanib, sovutgich tizimlarida (kondicionerda) sovo’tiladi yoki isitiladi va namligi me’yorlashtiriladi, hamda havo so’rgich (ventilyator) orqali havo beruvchi teshiklardan o’tib ish o’rinlariga uzatiladi. Bu tizimning kamchiligi, jihozlardan chiqayotgan zararli moddalar (chang, issiq havo, gaz) deraza, eshik va teshik-tuynuklardan ixtiyoriy holatda tashqariga chiqib ketadi.
b) SHamollatishning so’ruvchi (so’rib oluvchi) tizimida esa, havo ish joylaridan so’rgichlar yordamida havo tozalagichga o’tadi va undan havo quvuri orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi
v) Uzatuv (oqib keluvchi) – so’ruvchi (so’rib oluvchi) ikkala tizimlarning birgalikdagisi mukammal tizim hisoblanib, binoga kelayotgan havoni tozalab me’yorlashtiradi, binodan atmosferaga tozalab ham chiqarib yuboradi.
Tashqi havo harorati past bo’lganda, issiqlikni tejash maqsadida, tozalangan havo maxsus havo kanallari orqali yana uzatuvchi tizimga yuboriladi. Bu tizim qayta ishlatish (recirkulyaciya) kanali deb yuritiladi
Sun’iy shamollatish tizimlari.
a) Oqib keluvchi shamollatgich; b) so’rib oluvchi shamollatgich; v) qo’shma shamollatgichlar.
|
| |