|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 64/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниEα = Jα · cos3α / r2 (cosθ ± d / H · sinθ)
bunda, Jα – yorug’lik kuchi, lm;
α - nurning hisob nuqtasiga nisbatan og’ish burchagi, grad;
r - manbadan nuqtagacha bo’lgan masofa;
H - nur manbaining poldan balandligi; θ - nuqta o’rnashgan tekislikni pol sathiga nisbatan og’ish burchagi, grad;
d – nurning gorizontal soyasi, m;
Yorug’lik oqimi usulida hisoblashda, yuzani yoritish uchun zarur bo’lgan yoritgichlar soni quyidagicha aniqlanadi.
N = Em · K3 · S · Z / η · Fl
bunda, Em – yoritilganlik me’yori, lk;
K3 – zaxira koeff (1,3-1,5);
S – yoritiladigan yuza, m2;
Z – yorug’likni notekislik koeff (1,1-1,15);
η – yoritilgichlarni foydalanish koefficienti.
Bu erda, a va b – binoning bo’yi va eni, m.
h - yoritgichning yoritilayotgan yuzadan balandligi, m
5. Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-xodimlar salomatli-giga zarar etkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo’lishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat:
-yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’ligi-nikiga yaqin bo’lishi;
-bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi etarlicha bo’lishi hamda gigiena talablariga mos kelishi;
-ish joyida to’g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo’lmasligi;
-me’yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o’rnatilishi;
-xavfli ish o’rinlari yuqori darajada yoritilgan bo’lishi;
-yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya’ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo’lmasligi;
-nazorat o’lchash asboblari, xavfsizlik signalizaciyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi;
-yoritilish bir tekis va turg’un bo’lishi, soyalar hosil qilmasligi darkor. Aks holda inson ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgarib turishi natijasida, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.
Yoritqich lampalari yorug’lik tarqatish xususiyatiga ko’ra uch sinfga bo’linadi:
- to’g’ridan-to’g’ri nur tarqatuvchi;
- nur yoyuvchi;
- nur qaytaruvchi lampalar.
a) To’g’ridan-to’g’ri nur tarqatuvchi lampalar sinfiga, quyi yarim aylanasi bo’ylab o’z nurining taxminan 90% ni tarqatadigan lampalar kiradi.
b) Nur yoyuvchi lampalar o’z nurlarini yuqori va quyi aylanalar o’rtasida taqsimlashga asoslangan bo’lib, umumiy nurni yuqori va quyi sfera bo’ylab tarqatadi hamda har qanday soyalarga barham berib, yorug’likni bir tekisda tarqatish imkoniyatini beradi. Bunday lampalar ship va devorlari yorug’lik qaytarish xususiyatiga ega bo’lgan binolarga o’rnatiladi.
v) Nur qaytaruvchi lampalarda asosan 90% dan ko’proq nur yuqori sferaga yo’naltiriladi va yoritish asosan qaytgan nur hisobiga amalga oshiriladi. Bunday yoritgichlar, soyasiz yumshoq va mayin yoritishni ta’minlab, asosan muzey, teatr binolarida qo’llaniladi.
g) Yong’in va portlash xavfi bo’lgan binolarda maxsus lampalar ishlatiladi.
|
| |