|
Tovush intensivligining o’lchov birligi “Bel” qabul qilingan. U telefon yaratilishining asoschisi, Aleksandr Geyama Bel (1847-1922) sharafiga qo’yilgan
|
bet | 66/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниTovush intensivligining o’lchov birligi “Bel” qabul qilingan. U telefon yaratilishining asoschisi, Aleksandr Geyama Bel (1847-1922) sharafiga qo’yilgan.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gc.gacha bo’lgan to’lqinlarini eshitadi. 15 Gc. dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000 Gc. dan yuqorisi esa ulьtratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta’sir ko’rsatadi. Inson 800-4000 Gc chastotali tovushlarni yaxshi eshitadi, 16-100 Gc chastotali tovushlarni sezilarli darajada eshitadi.
Qattiq shovqinning eshitish organiga yomon ta’sir qilishi tufayli shovqinli kasb egalari bo’lgan ishchilarda eshitish qobiliyatining pasayib ketishini quyidagi statik ma’lumotlardan ham ko’rish mumkin.
Qozon yasash jarayonida faoliyat ko’rsatadigan ishchilar eshitish
qobiliyatining pasayishi
Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
J = P2/ρ · C bu erda:
J – tovush intensivligi, vt/m2; P – tovush bosimining miqdori, Pa; ρ – muhit zichligi kg/m3; C – tovush tezligi, m/s.
Tovush to’lqinlarining 200 S haroratli muhitidagi tarqalish tezligi 343 m/s, po’latda 5000 m/s, betonda 4000 m/s. ga teng.
Mashina va uskunalarda, kommunikaciya va qurilmalarda mexanizaciya-larning harakatdagi qismlarining nosozligi sababli, suyuqlik va gazlar quvurlar orqali bosim ostida uzatilganda paydo bo’ladigan qisqa to’lqinli tebranishlar titrash deb ataladi.
Titrash quyidagi ko’rinishda ifodalanadi:
-titrash chastotasi f (Gc); -titrash amplitudasi A (mm); -titrash tezligi V (mm/s); -titrash tezlanishi w (mm/s2).
Titrash uskuna, jihoz va kommunikaciyalarning mexanik mustahkamligini va germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir.
Titrash ta’sirida inson tanasidagi a’zolarning funkcional holatlarini ishdan chiqishi, markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a’zolarida salbiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Uning za-rarli ta’siri charchash, boshning, panja va suyak bo’g’inlarining og’rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo’ladi va ayrim hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og’ir shakllari, mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yo’qolishiga olib keladi. SHovqin va titrashning ish joylarida ruxsat etilgan darajalari SanPiN N0067-96 berilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tovush intensivligining o’lchov birligi “Bel” qabul qilingan. U telefon yaratilishining asoschisi, Aleksandr Geyama Bel (1847-1922) sharafiga qo’yilgan
|