|
Texnika xavfsizligi
|
bet | 65/128 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #230053 |
Bog'liq ХФХ маърузалар матниNazorat savollari.
1. Ishlab chiqarishda yoritishning ahamiyatini ayting?
2.
4. Tabiiy yoritishning kamchiliklari nimalardan iborat?
5. Nur oqimining birligi sifatida nima qabul qilingan?
.
MAЪRUZA№16. ISHLAB CHIQARISHDA SHOVQIN VA TITRASH
Reja.
1. SHovqin va titrash haqida umumiy ma’lumotlar.
2. SHovqin va titrashga qarshi kurash usullari.
3. SHovqindan himoyalanish usullari va vositalari.
4. Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.
5. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.
Tayanch iboralar
SHovqin, titrash, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, yong’in, dermotologik vositalar, portlashlar, himoya vositalari, dezinfekciyalash, dezaktivaciyalash.
SHovqin va titrash haqida umumiy ma’lumotlar.
Odam uchun yoqimsiz bo’lgan har qanday tovushlar shovqin deb ataladi.
Tovush to’lqinlari ma’lum chegaragacha tarqalishi tovush maydoni deb ataladi. Tovush maydonidagi har bir nuqtada havo zarralarining harakat tezligi vaqt birligida o’zgarib turadi. Bir lahzada kuzatilgan havo to’liq bosimining ta’sir kuchidan holi bo’lgan havoning o’rtacha bosimiga nisbati tovush bosimi deb ataladi va R bilan belgilanadi. Tovush bosimining o’lchov birligi Pa.
SHovqin to’lqinlari tarqalganda ma’lum miqdordagi energiya bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chadi. Muhitning qandaydir nuqtasida vaqt birligidagi o’rtacha energiya oqimi, to’lqin tarqalishi yo’nalishida yuza birligiga keltirilsa, uni shu nuqtadagi tovush tig’izligi deb ataladi va I bilan belgilanib, Vt/m2 bilan o’lchanadi.
I = R2 /rs
Insonning mavjud beshta sezgi organi ichida, eshitish a’zosi o’ziga xos ahamiyatga egadir. Aynan eshitish orqali inson boshqa insonlar bilan muloqat qiladi, xavf-xatarni farqlaydi, anglaydi va o’z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o’zining eshitish sezgilari yordamida toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi. Toza tovush bir xil chastotadagi sinusoidal tebranishlardan iboratdir. Bir sekunddagi tebranishlar soni tovush chastotasi deb ataladi. Tovush chastotasi fizik olimi Genrix Gerc (1857-1894 y.y) sharafiga “gerc” (Gc) bilan o’lchanadi.
Aralash tovush bir necha toza tovushlarning yig’indisidan iborat. SHovqin esa har xil chastota va tebranishdagi tovushlar aralashmasidir.
|
| |